Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sun’iy intellekt — bugundan boshlanadigan kelajak!

📢 Hurmatli ustozlar, talabalar va o‘quvchilar! Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra start olgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar boshlangan.

🏆 Loyiha doirasida:
– “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”
– “Eng faol maktab”
– “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi”
– “Eng faol ishtirokchi”
nominatsiyalari bo‘yicha “Milliy tanlov” tashkil etilgan bo‘lib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


📍Hozirda IT Park Uzbekistan majmuasida birinchi taqdirlash marosimiga qizg'in tayyorgarlik boshlangan va mukofotlar o'z sohibini kutmoqda.

Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt asoslarini o‘rganing, o‘z ko‘nikmalaringizni oshiring hamda olgan bilimlaringizni talaba va o‘quvchilarga o‘rgating!

Shunda nafaqat kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritasiz!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchangizni mazkur loyihada faol ishtirok etishga chorlaydi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4👏2
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibot jadallashtiriladi


“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 25.03.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:

🔸 2026–2027-yillar davomida respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

♦️ 2030-yilgacha respublikaning har bir hududidagi “yashil” texnikumlarda 10 000 nafar o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash uchun ekologik ta’lim va ilmni yanada rivojlantirish.

🔹 2026–2028-yillarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy daraja olgan nomzodlar sonini 150 nafargacha yetkazish.

📝 2026/2027 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari “yashil” texnikumlar sifatida qayta tashkil etiladi hamda ularda hududning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib, sohalar uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

➡️ “Yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishuv asosida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/8100110

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👏3
🔝 Startap g‘oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu onlayn seminar aynan siz uchun!


Bugun soat 20:00 da spiker – Azizbek Ilhomov bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi. Unda startap loyihani birinchi qadamdan boshlab rivojlantirish bosqichlari tushuntiriladi.

Seminar davomida nimalarni bilib olasiz?

✅ Startap nima va uning an'anaviy biznesdan farqi;
✅ G‘oyani tekshirish va bozor talabini aniqlash usullari;
✅ Ilk MVP (minimal viable product) yaratish jarayoni;
✅ O‘zbekistondagi grantlar, akseleratorlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;

🗓 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 20:00
📍Manzil: Edu.uz
💰Ishtirok etish: bepul

Do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍14🔥4
Edu.uz pinned a photo
Live stream scheduled for
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Katta yutuqlar — kichik g'oyadan boshlanadi


Har qanday ixtiro va texnologiya dastlab oddiy g'oyadan boshlanadi. Uni natijaga aylantiradigan asosiy kuch esa izlanish va harakatdir.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari o‘zlarining innovatsion loyihalari, bilim va salohiyatini namoyon etish uchun “Kelajak muhandislari” tanlovida ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤7🔥2🥰1👏1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibot jadallashtiriladi “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110…
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ “Yashil”texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi


🏛 Qarorga ko‘ra, Universitet hamda “Yashil” texnikumlar ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:

🗒 “yashil” texnikumlarda ta’lim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy ta’lim agentligi tasdiqlaydigan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi;

✔️ “yashil” texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi;

📁 Universitetning 1-bosqichida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich o‘quv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi;

☑️ “yashil” texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan B2 darajaga ega bo‘lgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi;

💸 “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli o‘quvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3
Ilm-fanda yangi sahifa: Termizda Milliy gerbariy filiali ochildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zFA Botanika instituti qoshidagi O‘zbekiston Milliy gerbariysining hududiy filiali o‘z faoliyatini boshladi.

​Hozirda markaz fondida 4 000 dan ziyod o‘simlik namunasi mavjud bo‘lib, kelgusida ularni 10 000 taga yetkazish va hududning eng yirik o‘simlik arxivini yaratish rejalashtirilgan.


​Markazdagi har bir namuna yuqori aniqlikda skanerlanib, GPS koordinatalari orqali raqamli xaritaga bog‘lanadi. Bu noyob o‘simlik turlarini masofadan turib monitoring qilish va hududning ulkan raqamli arxivini yaratish imkonini beradi.

Batafsil

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤5
Live stream started
📢📢🎤🎤

✴️ Startap bo‘yicha onlayn seminarimiz BOSHLANDI!


G‘oyangizni qanday qilib daromadli loyihaga aylantirishni o‘rganmoqchimisiz? Unda hoziroq efirimizga qo‘shiling! Hech narsani o‘tkazib yubormaslik uchun tezroq safimizga kiring.

🔗 Hoziroq qo‘shiling va o‘z savollaringizni bering:
https://t.me/eduuz

Do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8
Edu.uz pinned a photo
🔝 Startapingiz uchun jamoa kerakmi?

Innovatsion loyihangizni rivojlantirish uchun hamfikrlar va kerakli resurslarni topishda StartupperUZ boti yordam beradi.

Botning asosiy funksiyalari:
🧡 Loyiha uchun mutaxassislarni qidirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🧡 Vakansiyalar va hamkorlik takliflarini e’lon qilish;
🧡 Startap ekotizimiga oid foydali materiallar va qo‘llanmalardan foydalanish;
🧡 O‘z faoliyatingiz va loyihalaringiz haqida ma’lumotlarni boshqarish.

Platforma tadbirkorlar va mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
🔗 Bot manzili: @startupperuzbot
👉 Ko‘proq ma’lumot uchun: @startupper_uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤17🔥3🤔3
Live stream finished (54 minutes)
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!

24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.

Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.

👆Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.

📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🧑‍💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.

👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2