Talabalar sportiga qaratilgan yana bir yirik loyihaga start berildi!
Bugun, 6-aprel kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik loyiha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Marosimda Prezident Administratsiyasi vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, shuningdek, OTM rektorlari, sport federatsiyalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar yoshlarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etishdi. Xususan, ushbu olimpiada nafaqat talaba-yoshlar, balki butun jamiyatda ommaviy sportga va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yana bir pog‘onaga oshirishi ta’kidlandi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/150130
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amir Temurdan bizga nimalar qoldi?” – temurshunos olim mulohazalari
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Sanjar Gʻulomov Sohibqiron Amir Temur merosi haqida mulohazalarini bildirdi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidagi ayrim qimmatli eksponatlar bilan tanishtirdi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Sanjar Gʻulomov Sohibqiron Amir Temur merosi haqida mulohazalarini bildirdi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidagi ayrim qimmatli eksponatlar bilan tanishtirdi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4
#so‘ragan_edingiz
❓ SAVOL:Yangi tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bakalavriat ta’limi kamida 3-yil etib belgilangani hamda sirtqi ta’lim shakli nazarda tutilgani barcha yo‘nalishlarda o‘qish muddati 3-yilga qisqartiriladi va sirtqi ta’lim qayta joriy etiladi, deganini anglatadimi?
✅ JAVOB: Mazkur nizomda bakalavriat ta’limining kamida 3-yil etib belgilanishi — yangi tartib emas, balki amalda mavjud bo‘lgan normaning huquqiy jihatdan mustahkamlanishidir. Bu talab avval ham qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lib, bakalavriat bosqichi uchun eng minimal muddatni belgilaydi. Ayrim ta’lim yo‘nalishlarida, jumladan jismoniy madaniyat, texnologiya va musiqa ta’limi kabi sohalarda bu amaliyot allaqachon qo‘llanib kelinmoqda. Shu bois, ushbu norma barcha yo‘nalishlarda o‘qish muddati 3-yilga qisqartiriladi, degani emas.
Sirtqi ta’lim masalasiga kelsak, hozirgi kunda mazkur shakl bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar mavjud. Shu sababli, uni normativ hujjatda aks ettirish zarur hisoblanadi. Biroq bu holat sirtqi ta’lim shakli yangidan ochiladi yoki kengaytiriladi, degan ma’noni anglatmaydi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍6
Erasmus+ loyihalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Erasmus+ dasturining 2025-yilgi tanlovi doirasida saralangan Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) hamda Jean Monnet Actions (JMA) loyihalari bo‘yicha an’anaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/150380
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Erasmus+ dasturining 2025-yilgi tanlovi doirasida saralangan Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) hamda Jean Monnet Actions (JMA) loyihalari bo‘yicha an’anaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Milliy Erasmus+ ofisi (NEO), vazirlik hamda Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasi (HEREs) hamkorligida tashkil etildi. Unda 2025-yilgi tanlov natijalariga ko‘ra saralangan 6 ta CBHE loyihasi vakillari, milliy ekspertlar hamda tegishli davlat tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❤9👍6