Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

❗Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi va milliy reytingdagi top-50 texnikumlar moddiy rag‘batlantiriladi

🔔 Adliya vazirligi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3816, 15.04.2026-y.).

🏛 Texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi.

☑️ Milliy reyting ma’lumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

♻️ vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar;
♻️ ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar;
♻️ umummilliy so‘rovnoma natijalari.

📆 Har yili 10-oktabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

📨 Bunda, har yili 30-mayga qadar o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma o‘tkaziladi.

💰 Milliy reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi hamda rag‘batlantirish to‘lovi sifatida ajratilgan mablag‘larni quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi:

➡️ 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
➡️ 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.

👉🏻 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#xizmat_safari

Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Milliy tabiiy fanlar jamg‘armasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari hamda O‘zbekiston universitetlari hamkorligida qo‘shma fundamental ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek yosh olimlarimiz uchun ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5👏4
Endilikda xususiy universitetlar talabalari ham to‘lov-kontrakt asosida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi


📁Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashning yangi tizimi yuzasidan axborot berildi.

➡️Davlat rahbari sohadagi imtiyozlar, maoshlar oshirilishi va 9-may bayrami munosabati bilan beriladigan mukofotlarni ma’qullandi.

☑️ Asosiy yangiliklar:

➡️ 9-may bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti to‘lanadi;

➡️ Mudofaa vazirligi ofitserlariga xizmat yillari uchun ustama miqdori 2 baravarga, kontrakt bo‘yicha oddiy askar va serjantlar maoshi esa 10 foizga oshiriladi;

➡️ Urganch, Termiz, Andijon davlat universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis hamda Andijon tibbiyot institutlarida yangi harbiy tayyorgarlik markazlari ochiladi;

➡️ “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 3 yillik o‘qish asosida zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ Endilikda xususiy universitet talabalari ham to‘lov-kontrakt asosida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi;

➡️ Zaxira ofitserlarini tayyorlashda sun’iy intellekt, dron va robototexnika kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍1
Yoshlar bilan ochiq muloqot: vazir Namangan davlat texnika universiteti talabalari bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda 230 nafardan ortiq talabalar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va tashabbuslar bilan bevosita vazirga yuzlandilar.


Muloqot davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot bazalarini kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirishga oid qator masalalar ko‘tarildi. Vazir har bir murojaatni alohida e’tibor bilan tinglab, sohadagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

#xizmat_safari #YoshlarKuni

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154505

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍13🔥1👏1🎉1
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
#kelajak_muhandislari #tanlov

"Kelajak muhandislari" respublika ko'rik tanlovining 1-bosqich natijalarini E'LON QILAMIZ!

Joriy yilning 1-martidan 31-martiga qadar kelib tushgan arizalarni saralashning birinchi texnik ekspertiza bosqichi yakunlandi.

Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, jami 1 925 ta arizadan 1 308 tasi ikkinchi - Saralash bosqichiga o‘tkazildi.

Saralash bosqichi joriy yilning aprel-may oylarida o'tkaziladi. Ushbu bosqichda tegishli vazirlik, idoralar hamda tarmoq korxonalari vakillaridan iborat Ishchi guruh arizalarni ko'rib chiqadi hamda baholaydi.

Ishtirokchilar texnik ekspertiza bosqichi natijalarini muhandis.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.

Texnik ekspertiza bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilarga ruhiyatni tushirmasdan, tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqqan holda, loyihani takomillashtirib, keyingi yili yana o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishni tavsiya qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib borsangiz Saralash bosqichi tafsilotlari haqida xabar berib boramiz.

Batafsil: muhandis.edu.uz

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤5
Namanganda “Sunʼiy intellekt” laboratoriyasi: innovatsiyalar sari yana bir qadam

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan davlat texnika universitetida barpo etilayotgan zamonaviy “Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar, bunyodkorlik surʼatlari hamda loyihaning amaliy yechimlari atroflicha koʻzdan kechirildi.

#xizmat_safari #Namangan

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154504

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍13😁4🔥2