Yoshlar bilan ochiq muloqot: vazir Namangan davlat texnika universiteti talabalari bilan uchrashdi
Muloqot davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot bazalarini kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirishga oid qator masalalar ko‘tarildi. Vazir har bir murojaatni alohida e’tibor bilan tinglab, sohadagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
#xizmat_safari #YoshlarKuni
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154505
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda 230 nafardan ortiq talabalar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va tashabbuslar bilan bevosita vazirga yuzlandilar.
Muloqot davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot bazalarini kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirishga oid qator masalalar ko‘tarildi. Vazir har bir murojaatni alohida e’tibor bilan tinglab, sohadagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
#xizmat_safari #YoshlarKuni
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154505
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍13🔥1👏1🎉1
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
#kelajak_muhandislari #tanlov
"Kelajak muhandislari" respublika ko'rik tanlovining 1-bosqich natijalarini E'LON QILAMIZ!
Joriy yilning 1-martidan 31-martiga qadar kelib tushgan arizalarni saralashning birinchi texnik ekspertiza bosqichi yakunlandi.
Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, jami 1 925 ta arizadan 1 308 tasi ikkinchi - Saralash bosqichiga o‘tkazildi.
Saralash bosqichi joriy yilning aprel-may oylarida o'tkaziladi. Ushbu bosqichda tegishli vazirlik, idoralar hamda tarmoq korxonalari vakillaridan iborat Ishchi guruh arizalarni ko'rib chiqadi hamda baholaydi.
Ishtirokchilar texnik ekspertiza bosqichi natijalarini muhandis.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.
Texnik ekspertiza bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilarga ruhiyatni tushirmasdan, tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqqan holda, loyihani takomillashtirib, keyingi yili yana o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishni tavsiya qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib borsangiz Saralash bosqichi tafsilotlari haqida xabar berib boramiz.
Batafsil: muhandis.edu.uz
😅 KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🗣 Web sahifa
"Kelajak muhandislari" respublika ko'rik tanlovining 1-bosqich natijalarini E'LON QILAMIZ!
Joriy yilning 1-martidan 31-martiga qadar kelib tushgan arizalarni saralashning birinchi texnik ekspertiza bosqichi yakunlandi.
Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, jami 1 925 ta arizadan 1 308 tasi ikkinchi - Saralash bosqichiga o‘tkazildi.
Saralash bosqichi joriy yilning aprel-may oylarida o'tkaziladi. Ushbu bosqichda tegishli vazirlik, idoralar hamda tarmoq korxonalari vakillaridan iborat Ishchi guruh arizalarni ko'rib chiqadi hamda baholaydi.
Ishtirokchilar texnik ekspertiza bosqichi natijalarini muhandis.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.
Texnik ekspertiza bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilarga ruhiyatni tushirmasdan, tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqqan holda, loyihani takomillashtirib, keyingi yili yana o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishni tavsiya qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib borsangiz Saralash bosqichi tafsilotlari haqida xabar berib boramiz.
Batafsil: muhandis.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤5
Namanganda “Sunʼiy intellekt” laboratoriyasi: innovatsiyalar sari yana bir qadam
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan davlat texnika universitetida barpo etilayotgan zamonaviy “Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar, bunyodkorlik surʼatlari hamda loyihaning amaliy yechimlari atroflicha koʻzdan kechirildi.
#xizmat_safari #Namangan
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154504
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan davlat texnika universitetida barpo etilayotgan zamonaviy “Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar, bunyodkorlik surʼatlari hamda loyihaning amaliy yechimlari atroflicha koʻzdan kechirildi.
#xizmat_safari #Namangan
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154504
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍13😁4🔥2
Farg'ona viloyatida yoshlar uchun bepul Koreys tili o'quv dasturiga start berildi
Ushbu o'quv dastur O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi, Jahon Banki va IT Park Uzbekistan tashabbusining “Language Proficiency Development Program” loyihasi doirasida yo'lga qo'yilmoqda.
🟢 Koreys tilini TOPIK 3–5 darajagacha oshirish🟢 Soft skills (muloqot, jamoada ishlash, kasbiy tayyorgarlik) rivojlantirish🟢 IT/ITES kompaniyalariga ishga joylashishda ko‘mak berish.
🟠 Oflayn darslar (Farg'ona viloyati)🟠 Haftasiga 12 soat 5 oy davomida🟠 Nazariy + amaliy mashg‘ulotlar
🟠 Onlayn ro'yxatdan o'tish🟠 Koreys tili: kamida TOPIK 1/2/3🟠 Darslarda to'liq va faol qatnashish
1. Onlayn ariza
2. Motivatsion xat
3. Intervyu / Test savollar
20-may 2026 yil
+998 91 435 35 30
+998 93 322 56 89
Telegram - @farrukh_2001
Telegram - @madiyorova_1991
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_amaliy_anjuman
🗣 “Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabuli boshlandi
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Renessans” ilmiy-matbuot markazlari, “Sharq nashr” nashriyoti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan “Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.
♦️ Konferensiya doirasida chop etilgan maqolalar ResearchBible, Google scholar, OpenAire va “Elsevier” qoshidagi ssrn.com kabi xalqaro bazalarda indekslanadi.
🎖 Esdalik ko‘krak nishoni;
📰 Maxsus Guvohnoma;
📑 Sertifikat (bosma shaklda);
📖 llmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron)
🗞Qabul xati hamda taklifnoma.
🕊 Maqolalar @renessans_bunyodkorlari profili orqali o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg'iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.
☑️ Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach nashr uchun tavsiya etiladi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ishtirokchilarga quyidagilar bilan taqdirlanadi:
🎖 Esdalik ko‘krak nishoni;
📰 Maxsus Guvohnoma;
📑 Sertifikat (bosma shaklda);
📖 llmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron)
🗞Qabul xati hamda taklifnoma.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥2🥰1
#Qonunchilik_yangiliklari
🗒 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-apreldagi 134-son buyrug‘i bilan Malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilarini aniqlash tartibi tasdiqlandi.
💠 Mazkur tasdiqlangan tartibga ko‘ra:
🚪 Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafardan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi.
💬 Texnikumlarning xorijga yuboriladigan pedagoglari ro‘yxati Agentlikda maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
✔️ Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan pedagoglar my.moqt.uz raqamli platformasidagi portfoliolari ko‘rsatkichlari bo‘yicha va yakuniy attestatsiyada qo‘yilgan (test sinovlari va bitiruv malakaviy ishi himoyasi uchun qo‘yilgan) ballar yig‘indisiga ko‘ra saralanadi.
➡️ Bunda, my.moqt.uz raqamli platformasi malaka oshirish kurslarini tashkil etadigan institutlar, markazlar va fakultetlarning raqamli platformalari bilan integratsiya qilinadi.
📆 Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan saralash natijalari bo‘yicha yakuniy ro‘yxat 15-yanvarga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
🗣 gar saralash jarayonida bir nechta nomzodlarning ko‘rsatkichlari teng kelib qolsa, milliy yoki xalqaro darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga ustuvorlik beriladi:
♻️ Ballar quyidagicha taqsimlanadi:
👥 Quyidagi toifadagi pedagoglar uchun:
⚫️ Ta’lim ustalari;🔽
⚫️ Maxsus fanlar o‘qituvchilari;🔽
⚫️ Umumta’lim fanlari o‘qituvchilari (xorijiy til o‘qituvchilaridan tashqari):🔽
⬅️ B1 daraja uchun — 1 ball;🔼
⬅️ B2 daraja uchun — 2 ball;🔼
⬅️ C1 va undan yuqori daraja uchun — 3 ball qo‘shib beriladi.🔼
👥 Xorijiy til fani o‘qituvchilari uchun esa:
✔️ C1 daraja uchun — 1 ball;
✔️ C2 daraja uchun — 2 ball ustuvorlik beriladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Endi har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafar taʼlim ustalari, umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqituvchilari xorijga yuboriladi
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Endi har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafar taʼlim ustalari, umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqituvchilari xorijga yuboriladi 🗒 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-apreldagi 134-son buyrug‘i…
#Qonunchilik_yangiliklari
📑 Maxsus komissiya tomonidan sertifikatlarning muvofiqligi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan (raqami – 3515) “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning 3-bobiga asosan aniqlanadi.
➡️ 2026-yildan boshlab xorijga yuboriladigan pedagoglarning ro‘yxati Maxsus komissiya tomonidan keyingi kalendar yilining 20-yanvar kuniga qadar tasdiqlanadi va malaka oshirishga yuborish mart oyidan boshlab amalga oshiriladi.
📆 2026-yilda xorijga yuboriladigan pedagoglar 2025-yilda malaka oshirgan pedagoglar orasida saralanadi.
👥 Xorijga yuboriladigan davrda pedagoglar kasbiy ta’lim tizimida faoliyatini yakunlagan yoki o‘z xohishiga ko‘ra malaka oshirishga borishni rad etgan taqdirda, bo‘shagan o‘rinlar uchun nomzodlarni saralash ballar ketma-ketligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
📨 Xorijda malaka oshirib qaytgan pedagoglar texnikumdagi boshqa pedagoglar uchun kamida bir marta seminar o‘tkazadi.
‼️ Xorijga malaka oshirish uchun yuboriladigan pedagog kadrlarga kamida uch yildan so‘ng saralashda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
➡️ Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576
🧾 PDF shaklida yuklab olish.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2