#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
Buxoro davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev hamda universitetning Inklyuziv ta’lim markazidagi imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etildi.
Shuningdek, deputat “Kelajak muhandislari” festivali doirasida faol tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarning innovatsion g‘oyalari va loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://surl.li/oynmts
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Buxoro davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev hamda universitetning Inklyuziv ta’lim markazidagi imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etildi.
“Xotin-qizlar, yoshlar uchun IT va muhandislik inklyuziv ta’lim markazi” 14–30 yoshdagi yoshlar, jumladan imkoniyati cheklanganlar uchun IT va muhandislik yo‘nalishlaridagi (grafik dizayn, kompyuter tizimlari, dasturlash, robototexnika, ingliz tili va boshqalar) 20 dan ziyod zamonaviy kasb va ko‘nikmalar berishga qaratilgan.
Shuningdek, deputat “Kelajak muhandislari” festivali doirasida faol tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarning innovatsion g‘oyalari va loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://surl.li/oynmts
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤6🔥3😱1
#Qonunchilik_yangiliklari
❗ “Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
✍️ Hukumatning “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 16-apreldagi 177-son qarori qabul qilindi.
📝 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi ishga tushiriladi.
📝 Dastur davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
☑️ Dastur doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi:
⚫️ 30 yoshga to‘lgan;
⚫️ kamida magistr akademik darajasiga ega;
⚫️ oliy ta’lim sohasida kamida 5-yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2-yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan .
📅 Dastur tinglovchilarida quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi:
➡️ akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv;
➡️ sun’iy intellekt va raqamlashtirish;
➡️ strategik boshqaruv va transformatsiya .
♻️ Dasturning o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.
👥 Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
🗓 Dastur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSH) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍7😁1
#hemis #yangi_versiya
❔ Bu galgi yangilangan versiyada qanday o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar yaratildi?
1️⃣ OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida Yordamchi-texnik roli qo‘shildi;
2️⃣ Tizim “Yagona milliy mehnat tizimi” bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan avtomatik tekshiriladi;
3️⃣ Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash buyrug‘i funksiyasi ishlab chiqildi;
4️⃣ Talabalar va mas’ullar endi shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin;
5️⃣ Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi;
6️⃣ Talaba profilida hujjatlarni plagiatga tekshirish uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi;
7️⃣ Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi.
‼️ Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki tizimlar bir-biri bilan bog‘landi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗ HEMIS tizimi yana yangilandi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤12😱6👏2
Prezident Javohir Sindorovga “Mehnat shuhrati” ordenini tantanali topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shaxmatchimiz, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri gʻolibi Javohir Sindorovni sharaflashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz marosimda Javohir Sindorovni mazkur tarixiy zafar bilan yana bir bor samimiy qutladi. Bu butun xalqimizning, Yangi O‘zbekistonning g‘alabasi ekanini ta’kidladi.
Albatta, hech bir natija o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning zamirida uzoq yillik tinimsiz mehnat, bolalikdan orttirilgan tajriba, qat’iy iroda, temir intizom, va, albatta, ustoz va murabbiylarning sabog‘i, ota-ona, bobo va buvijonlarning duosi mujassam. Fursatdan foydalanib, mana shunday o‘zbek o‘g‘lonini tarbiyalab, voyaga yetkazgan bobong va buvingga, ota-onanga, ustoz va murabbiylaringga yana bir bor o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman,
– dedi davlatimiz rahbari.
#Prezident #marosim #shaxmat #taqdirlash
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍12🔥8🎉2😱1