Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Quyosh nuridan obi hayot: malayziyalik talabalarning “Gulshan” mahallasiga tuhfasi


Qarshi davlat texnika universitetida Malayziyaning nufuzli Petronas texnologiyalar universiteti hamkorligi doirasida “Salom, Qarshi” shiori ostida talabalar almashinuv dasturi amalga oshirildi.

Hafta davomida delegatsiya aʼzolari Qarshi davlat texnika universiteti talabalari bilan birgalikda innovatsion muhandislik yechimlari boʻyicha seminarlarda ishtirok etdilar, hududdagi yirik sanoat korxonalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Bu hamkorlik ikki davlat yoshlari oʻrtasida madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Professor Mohd Jul Hakim Virzal boshchiligidagi 20 nafar malayziyalik talabalardan iborat delegatsiya Qashqadaryo vohasida nafaqat taʼlim, balki muhim ijtimoiy loyihani ham amalga oshirdi.

Batafsil: https://kstu.uz/uz/news

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍37❤36🔥32🎉26😁24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Prezident Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bogʻimaydon mahallasida bo‘ldi

Ushbu mahalla O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiga biriktirilgan bo'lib, hamkorlikda doimiy asosda turli ma’naviy - ma'rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Bu haqda "Axborot 24" informatsion dasturida xabar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5🔥1
Buxoroda “Kelajak muhandislari” festivali keng qamrovda o‘tdi

Buxoro davlat texnika universitetida
“Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Kelajak muhandislari festivali” talaba-yoshlar uchun haqiqiy innovatsion maydonga aylandi.

Festival davomida ishtirokchilar robototexnika, aviatsiya, agrotexnologiya, yashil energetika, sun’iy intellekt, dronlar, 3D modellashtirish kabi 28 ta zamonaviy yo‘nalishlarda o‘z bilim va mahoratini namoyon etdilar. Tadbir nafaqat talabalar, balki maktab o‘quvchilari, texnikum-kollej yoshlari hamda inklyuziv qatlam vakillarini ham birlashtirdi.

Shuningdek, festival doirasida “Karyera kuni” va “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari ham tashkil etilib, yoshlar uchun kasb tanlash va kelajak rejalari bo‘yicha muhim imkoniyatlar yaratildi.

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari auksioni o‘tkazilib, katta qiziqish uyg‘otdi.

Batafsil: https://bstu.uz/article/muhandislik-oyligi

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤7🔥2