Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Nufuzli tashrif – yangi ilmiy ufqlar sari qadam

Buxoro davlat texnika universitetiga Nobel mukofoti laureati, kvant fizikasi sohasining yetakchi olimi Serj Arosh (Serge Haroche) va uning rafiqasi Klodin Arosh (Claudine Haroche) tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Sadoqat Siddiqova samimiy kutib oldi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda viloyatdagi OTM professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalar ishtirok etib, kvant fizikasining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini boyitdilar. Tadbir yakunida olimga Buxoro davlat texnika univeristeti Faxriy professori unvoni topshirildi.

Shuningdek, mehmonlar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va Buxoroning tarixiy obidalari bilan tanishdilar.

Ushbu tashrif xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yoshlarni ilm-fanga ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Batafsil: https://surl.li/fttfvy

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zJOKUda o'tkazilgan "Navro'z nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari" bayram festivalidan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2😁1🤔1
#Barkamol_avlod #Stritbol #Workout

🏆 Surxondaryo viloyatida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida 21–24-aprel kunlari “Barkamol avlod” sport musobaqalarining workout va stritbol yo‘nalishlari bo‘yicha respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti mezbonlik qilgan nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan 500 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5
🟦🟦
🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston—Janubiy Koreya xalqaro talabalar yarmarkasi bolib oʻtadi

🎓Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Janubiy Koreyaning 11 ta universiteti ishtirokida xalqaro talabalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

✔️ Ta’lim dasturlari haqida ma’lumot
✔️ Individual maslahatlar
✔️ Viza va qabul jarayonlari bo‘yicha yo‘riqnoma
✔️ Sovg‘alar va interaktiv faoliyatlar

🤝 Shuningdek, universitetlararo hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazilib, talabalar almashinuvi va qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi.

⏰ 29-aprel: 10:00–17:00
⏰ 30-aprel: 10:00–13:00
📍TDSHU foyesi

📌Barchani taklif etamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yo‘l oldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤7🔥2👏2