Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Andijon davlat tibbiyot institutida “Dhavai 4.0” — madaniyatlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Andijon davlat tibbiyot institutida bugungi kunda 1300 nafardan ortiq xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning qariyb 1000 nafari Hindiston Respublikasidan kelgan bo‘lib, institut tomonidan ular uchun qulay ta’lim va yashash sharoitlarini yaratish, milliy bayramlarini nishonlashni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday e’tiborning yorqin ifodasi sifatida talabalar turar joyida hindistonlik talabalar uchun an’anaga aylanib borayotgan “Dhavai 4.0” — “Yorug‘lik bayrami” festivali ko‘tarinki ruh, yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar og‘ushida o‘tkazildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak bugungi qat’iyatdan boshlanadi!

Qarshi davlat texnika universiteti
ning ulkan natijalarni zabt etishni maqsad qilgan talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etish uchun yo’lga chiqdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤1🔥1
#talaba_yugur #marafon

🏃‍♂️🏃‍♀️ “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqalari davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida talaba-yoshlarni sog‘lom hayot tarziga targ‘ib qilish, ularning doimiy sport bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazib kelinmoqda.

26-aprel kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida “Silk Road Samarqand”, “Talaba – yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida navbatdagi ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7