Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jamoatchilik_muhokamasi

❗O‘zbekistonda “yashil” texnikumlar tarmog‘i tashkil etilmoqda


📝Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi buyrug‘i loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Mazkur hujjat bilan kasbiy ta’lim tizimida quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda:

➡️ Respublikamizning deyarli barcha hududlarida maxsus “yashil” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ Nurafshon shahrida — Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi, Toshkent shahrida — Yuridik ta’lim va zamonaviy kasblar texnikumi va Toshkent shahrida — Media va texnologiyalar texnikumi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ Jizzax, Paxtakor, Kosonsoy, Urganch hamda Toshkent shahrining tumanlaridagi bir qator texnikumlar Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan yangi nomlar va tartib raqamlariga ega bo‘ladi.

👥 Hozirda ushbu buyruq loyihasining muhokamasi davom etmoqda. Takliflaringizni 4-mayga qadar regulation.gov.uz portali orqali qoldirishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#Kelajak_muhandislari
#ZakovatArena

“Kelajak muhandislari” ko‘rgazmasi: innovatsion g‘oyalar va amaliy yechimlar maydoni


“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida yosh ixtirochilar, tadqiqotchilar va innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rgazma shunchaki namoyish maydoni emas, balki yosh iste’dodlar uchun o‘z ishlanmalarini potensial investorlar, yirik sanoat korxonalari va keng jamoatchilikka taqdim etish imkonini beruvchi noyob “innovatsion ko‘prik” vazifasini o‘tamoqda.

Ko‘rgazmada 200 dan ortiq muhandislik ishlanmalari, 25+ oliy ta’lim muassasalari hamda 10+ yetakchi sanoat korxonalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, loyihalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_kasblar

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda


Bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida ushbu ta’lim muassasasida mavjud yo‘nalishlarga qo‘shimcha ravishda yana 8 ta zamonaviy kasb bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, agrodron operatorlarini tayyorlash markazi tashkil etildi. O‘quv jarayoni “nazariya – simulyatsiya – amaliyot” tamoyili asosida 3 oylik kurslar shaklida olib borilmoqda.

Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish va smart irrigatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Batafsil videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1🔥1
Harbiy xizmatchilarga bilim berish va kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Marg‘ilon shahrida joylashgan Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni hamda masʼullar tomonidan mehmonlarga Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni topshirigʻi asosida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek, harbiy qismlarda shakllantirilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar tarix oʻquv binosida ham boʻlib, unda yurtimizning boy va shonli oʻtmishini aks ettiruvchi eksponatlar, noyob materiallar hamda muhim maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/159108

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2🔥1👏1
#tayinlov

Ayimbetov Bayrambay Sharapatdinovich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍29❤15🤔4😱4😁3