Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Aniq va tabiiy fanlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Navoiy davlat universitetida “Aniq va tabiiy fanlarda dolzarb muammolar: tadqiqotlar, natijalar va tatbiqlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berdi.

Anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar qildilar. Jumladan, “Matematika ilmi va ta’limida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati” mavzusida akademik S. Lakaev, “Qoplama haqidagi masala va uning tatbiqlari” bo‘yicha professor A. Ikromov, “Markaziy limit teoremalari mavzusini o‘qitishda funksional metodlar” mavzusida professor J. Abdullayev hamda boshqa olimlar fan sohasidagi yangiliklar va ilmiy natijalar yuzasidan ma’ruza qilishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: SkyLine

SkyLine — bu ham vertolyot, ham samolyot xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan va vazifalarini bajara oladigan VTOL turidagi tiltrotor samolyotdir. Hozirda O‘zbekiston ushbu loyihani ishlab chiqayotgan AQSh, Italiya va Xitoydan keyin dunyoda to‘rtinchi davlat hisoblanadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2👏2🔥1🥰1
#Sportdagi_yutuqlar

SamDPI voleybol jamoasi — O‘zbekiston chempionati pley-off bosqichida


Samarqand davlat pedagogika institutining erkaklar voleybol jamoasi 2026 yilgi O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa musobaqa davomida barcha raqiblariga qarshi keskin va murosasiz bahslarda o‘z salohiyatini namoyon etib, keyingi bosqichga chiqishga to‘laqonli haqli ekanini isbotladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍4
Talaba Expo – 2026: Termiz davlat pedagogika institutida ochiq muloqot oʻtkazildi

Termiz davlat pedagogika institutida Talaba Expo – 2026 doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda institut rektori Azizbek Xasanov ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda bitiruvchi yoshlarning fikr va takliflarini tinglash maqsadida oʻtkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/159714

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍2