Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Agro dron

Agro dron loyihasi qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Mazkur loyiha doirasida zamonaviy dron qurilmalarini ichki imkoniyatlar asosida ishlab chiqish, ularni ekin maydonlarini monitoring qilish, o‘g‘itlash va himoya qilish jarayonlarida qo‘llash ko‘zda tutilgan.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥3👏3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Quyosh pechi

Quyosh pechi yordamida o‘tkazilgan amaliy tajribalar jarayonida tuxum pishirish va choy qaynatish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mazkur tajriba quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini namoyon etib, muqobil energiya manbalarining kundalik hayotdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu natijalar quyosh pechlarining ekologik toza, iqtisodiy samarador hamda energiya tejamkor texnologiya sifatida keng qo‘llanishi uchun katta imkoniyatlar mavjud ekanini ko‘rsatadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🔥2🥰1
#jamoatchilik_muhokamasi

“Kasbiy ta’lim tashkiloti to‘garak (jamoa) rahbari” kasbiy standarti loyihasi muhokamaga taqdim etildi


Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi to‘garak (jamoa) rahbarlarining ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning kasbiy kompetensiyalarini aniq belgilash maqsadida yangi kasbiy standart loyihasi tayyorlandi.

✅ Bu standart nimani anglatadi?

Mazkur hujjat to‘garak rahbarlarining kasbiy faoliyatini yagona tizim asosida tartibga soladi. Unda ularning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari hamda bajaradigan vazifalariga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilab berilgan.

➡️ Loyihada e’tibor qaratilgan asosiy jihatlar:

– Ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni va tashkil etilishi;
– To‘garak mashg‘ulotlarini samarali olib borish metodikasi;
– O‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari;
– Ta’lim dasturlari va o‘quv hujjatlari bilan ishlash;

☑️ To‘garak rahbarining asosiy vazifasi nimadan iborat?

✔️O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularda qiziqish uyg‘otish;
✔️Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash;
✔️Ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish;
✔️Har bir o‘quvchiga individual yondashuvni ta’minlash;
✔️Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

Standartning asosiy g‘oyasi — to‘garak mashg‘ulotlarini oddiy qo‘shimcha dars emas, balki o‘quvchilarning kelajak kasbini tanlashiga xizmat qiladigan muhim amaliy maydonga aylantirishdir.

🔔 Taklif va fikrlaringiz muhim! Ushbu loyiha bo‘yicha o‘z mulohazalaringizni bildirish orqali ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishingiz mumkin.

Loyiha matni 👉🏻bu yerda

Takliflaringizni Edu.uz orqali qoldiring.

Loyihani 📄 yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
#Kelajak_muhandislari #Dron_futbol

“Kelajak muhandislari”: Dron futbol musobaqasi

“Alpomish” muz saroyida aviatsiya muhandisligi yo‘nalishidagi musobaqalardan biri — “Dron futbol” bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 3 kishidan iborat jamoalar (1 hujumchi va 2 himoyachi) o‘zaro bellashmoqda.

“Dron futbol” — bu 360° himoya qafasiga ega dronlar yordamida maxsus maydonda o‘tkaziladigan jamoaviy sport turi hisoblanadi. O‘yin 6×3×3 metr o‘lchamdagi maydonda tashkil etilib, unda dron “to‘p”ni diametri 40 sm bo‘lgan halqa shaklidagi darvozadan o‘tkazish orqali gol uriladi.

Har bir uchrashuv 2 bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim 3 daqiqa davom etadi. Musobaqa davomida ishtirokchilardan aniq boshqaruv, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy muvofiqlik talab etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤5😱1
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.

Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.

Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx
—
У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.

Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.

Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx

Facebook|
Instagram|X
👍8❤6😁4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari #Robototexnika

“Kelajak muhandislari”: Robot sapyor musobaqasi


“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika yo‘nalishidagi bellashuvlardan biri — “Robot sapyor” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar mina va portlovchi moslamalarni masofadan aniqlash va zararsizlantirishga mo‘ljallangan robotlarni loyihalash, dasturlash va boshqarish bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

“Robot sapyor” musobaqasi maxsus maydonda tashkil etilib, robotlar turli sharoitlarda joylashtirilgan obyektlarni topish va zararsizlantirish vazifalarini bajardi.

Ishtirokchilar robotni boshqarish, sensorlardan foydalanish va topshiriqlarni belgilangan vaqt ichida bajarish orqali baholandi
.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Zilzila va olovga chidamli yangi avlod qurilish materiallari

Kam suv talab qiluvchi sementlar asosida vermikulitli yengil betonlar ishlab chiqarish texnologiyasi zamonaviy qurilish materiallarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiya yordamida energiya samarador, yengil va mustahkam, yuqori issiqlik izolyatsiyasiga ega, olovbardosh hamda zilzilabardosh talablarga javob beradigan materiallar ishlab chiqarish imkoniyati kengayadi. Natijada, qurilish sohasida energiya tejamkor , mustahkam, yengil va ekologik xavfsiz materiallar turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🔥1🥰1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari #2_Kun

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali ikkinchi kun tafsilotlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥2😁1
#live #yopilish

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining yopilish marosimi boshlandi

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=Ec0Ba3Ud5Gw

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥1
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Vazir va yoshlar muloqoti” o‘tkazildi

Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida talabalar va yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda universitet talabalari, yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ta’lim tizimidagi islohotlar va istiqbolli rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/159940

#vazir_yoshlar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍9👏2🔥1