Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#SoʻraganEdingiz

❓SAVOL: Ilmiy-ommabop maqola nima?

✅ JAVOB: Ilmiy-ommabop maqola
— bu fanning murakkab nazariyalari, tadqiqot natijalari va texnologik kashfiyotlarini keng ommaga tushunarli, jozibali va qiziqarli tilda bayon etuvchi publitsistik janrdir. Uning asosiy xususiyati — akademik terminologiya va og‘ir ilmiy uslubni kundalik hayotga yaqin bo‘lgan jonli tilga “tarjima qilish” orqali fanni hamma uchun ochiq va tushunarli qilishdan iborat.

Ilmiy-ommabop maqolaning asosiy maqsadlari:

ilm-fanning so‘nggi yutuqlari va innovatsion g‘oyalarni jamiyatning barcha qatlamlariga yetkazish;

yoshlarda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish, fanni istiqbolli faoliyat sohasi sifatida targ‘ib qilish;

keng jamoatchilikda dunyoqarashni kengaytirish va ilmiy asoslangan ma’lumotlarni noto‘g‘ri yoki asossiz qarashlardan farqlash ko‘nikmasini shakllantirish;

ilm va jamiyat o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni ta’minlovchi muloqot maydonini yaratish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari #Yakuniy_video

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tafsilotlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1
#tayinlov

Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:

Ergashev Nodir Erniyazovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

N.Ergashev 1988-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. О‘zbekiston Milliy universitetini (magistr) tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida turli vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar N.Ergashev – Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi О‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari sifatini baholash guruh rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤13😁2🤔1
Ta’lim va sun’iy intellekt: kelajak strategiyalari muhokamasi


📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti barcha soha mutaxassislari, olimlar va yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.

📆 Konferensiya sanasi: 2026-yil 29-sentyabr

📝Mavzu: “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarb masalalari”

❔ Nima uchun ushbu konferensiya muhim?

📨 Bugungi jadal texnologik rivojlanish davrida sun’iy intellekt (AI) ta’lim tizimini transformatsiya qilishning asosiy drayveriga aylandi. Anjuman doirasida o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan ta’lim trayektoriyalarini yaratish va intellektual tizimlarning pedagogik samaradorligi kabi eng dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

🪧 Ishtirokchilar uchun muhim ma’lumotlar:

🟢Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 1-iyulga qadar;
🟢O‘tkazilish joyi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti binosi;
🟢Yo‘nalishlar: Ta’limda AI texnologiyalari, metodika, axborot xavfsizligi va raqamli pedagogika.

📥Hujjatlarni topshirish va aloqa:

🗣xborot xati bilan tanishish: Batafsil ma’lumot
🌐 Veb-sayt: conf.bimm.uz
⬇️Elektron pochta: info@bimm.uz
📞Bog‘lanish uchun: +99871203-01-28, +99899876-86-88

❗️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘z ilmiy izlanishlaringiz bilan xalqaro maydonda bo‘lishing va kelajak ta’limi arxitekturasini yaratishda ishtirok eting!

#Anjuman2026 #AI #IlmFan

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏2👍1🔥1
Bank-moliya akademiyasi – 30 yoshda


Mamlakatimiz moliya-bank tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash hamda sohaga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etishda oʻziga xos oʻrin tutib kelayotgan Bank-moliya akademiyasi tashkil etilganligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda.

Akademiyaning shonli sanasi doirasida xalqaro konferensiya, ilmiy muloqotlar hamda soha mutaxassislari va faxriylar ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/160334

#BankMoliyaAkademiyasi_30

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👏4👍2
Agromuhandislikda dual taʼlim: nazariya va amaliyotning zamonaviy integratsiyasi

1-may kuni “Toshkent traktor zavodi” MCHJda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda agrar soha va muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari uchun “Agromuhandislik sohasida dual taʼlim: hamkorlik va ilgʻor tajribalar almashinuvi” mavzusida oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari Davron Hidoyatov hamda respublika boʻyicha 20 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminarda “Toshkent traktor zavodi” MCHJ bilan agrosanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida talabalarni amaliyotga jalb qilish va dual taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/160513

#agromuhandislik #dual_taʼlim #seminar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍12👏1