Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #Sport_kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-maydagi 176-son buyrug‘iga muvofiq, haftaning chorshanba kuni “Sport kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan oliy ta’lim tashkilotlarida bir qator sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.


⏩O‘zbekiston milliy universiteti;
⏩Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
⏩O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;
⏩Namangan davlat texnika universiteti;
⏩Buxoro davlat universiteti;
⏩SamDU Urgut filiali;
⏩Buxoro davlat pedagogika instituti;
⏩Andijon davlat tibbiyot instituti;
⏩Urganch davlat universiteti;
⏩Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
⏩Urganch davlat pedagogika instituti;
⏩Farg‘ona davlat universiteti;
⏩Guliston davlat pedagogika instituti;
⏩Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
⏩Termiz davlat pedagogika instituti;
⏩Fan va texnologiyalar universiteti;
⏩Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
⏩Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
⏩Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
⏩Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;
⏩Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
⏩Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
⏩Samarqand davlat pedagogika instituti;
⏩Milliy estrada sanʼati instituti;
⏩Chirchiq davlat pedagogika universiteti;


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🔥1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗Endilikda “Qo‘shimcha ta’lim faoliyati” (o‘quv kurslari) uchun yangilangan pasport amal qiladi


✍️ Hukumatning “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2026-yil 16-apreldagi 176-son qarori qabul qilindi.

📝 Ushbu hujjat bilan Hukumatning bir nechta qarorlariga, xususan, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, litsenziyalash va xabardor qilish tartiblariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

📅 Endilikda “Qo‘shimcha ta’lim faoliyati” (o‘quv kurslari) uchun yangilangan pasport amal qiladi.

📝Unga ko‘ra, nodavlat ta’lim muassasalarida chet tili o‘qitish sifati nazoratini kuchaytirish maqsadida quyidagilar belgilandi:

⚫️ сhet tili o‘qituvchilari har 3 yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tgan bo‘lishlari shart;
⚫️ chet ellik o‘qituvchilar uchun kamida 2 yillik ish staji mavjudligi haqidagi talab kiritildi;
⚫️ ta’lim jarayoni ovozli videoyozuvga olinishi va bu yozuvlar kamida bir oy saqlanishi shart.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5👍1
#startap #yigilish

Oliygohlarda startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi


2026-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari B. Xodjayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, kengash aʼzolari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda vazirlikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11-fevraldagi “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida oliy taʼlim muassasalarida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks tizimini shakllantirish, “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish hamda mazkur yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.


Yigʻilish yakunida qator amaliy takliflar ilgari surildi. Jumladan, “Inno” texnoparki bilan hamkorlikda mentor va trekerlar tayyorlash dasturlarini yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha bir yillik “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, startap markazlarini tashkil etish hamda talabalar gʻoyalarini dastlabki bosqichda moliyalashtirish uchun maxsus fond yaratish taklif etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162478

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍5👏1😱1