Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jizzaxda xalqaro talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida
“Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2026” nomli V xalqaro talabalar anjumani tashkil etildi.

Mazkur xalqaro anjumanda 5 ta xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalaridan 12 nafar vakil hamda respublikamizdagi 14 ta oliy ta’lim muassasasidan 300 nafardan ortiq iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi.

Anjuman doirasidagi ilmiy-texnik konferensiya 5 ta sho‘ba bo‘yicha, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi esa 8 ta nominatsiya asosida tashkil etildi.

Anjuman davomida respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr va magistrlarning innovatsion g‘oyalari hamda ilmiy ishlanmalarini amalga oshirishdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.


Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/597/

👉
На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #uchrashuv #Xotiravaqadrlashkuni #faxriylar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi va faxriylar bilan samimiy muloqot qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏13❤7👍2🔥1
54 soat ichida o’z startapingizga ega bo’lishni istaysizmi? 🚀

Shunchaki orzu qilishni to'xtatib harakat qilish vaqti keldi. Techstars Startup Weekend Samarkand ideatonida qatnashing!

Ushbu 54 soat davomida siz tajribali mentorlar bilan ishlash, netvorking va 30 000 000 so’m sovrin jamg’armasiga ega bo'lishingiz mumkin. Sizdan faqat g'oya talab qilinadi - biz uni startapga aylanitirishga yordam beramiz.

👆Batafsil ma'lumot yuqoridagi rasmlarda!
📅 15-17 may, 2026
📍"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://go.hackonnect.uz/sws26tg

Batafsil: https://t.me/startupweekenduz/1161

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥3❤2
Oliy taʼlim tizimida kiberxavfsizlikni kuchaytirish boʻyicha Kiberxavfsizlik markazi bilan memorandum imzolandi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi direktori Olimjon Mirzayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida tomonlar taʼlim tizimida raqamlashtirish jarayonlari jadallashishi bilan birga, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalariga kiberhujumlar xavfi ham ortayotganini qayd etdilar.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DM oʻrtasida taʼlim sohasida axborot xavfsizligini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

#HamkorlikMemorandumi #Kiberxavfsizlik

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/163269

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram.
❤16👍7👏5
#fan_olimpiadasi

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichlari bo‘lib o‘tadi.


Fanlar va ularning o‘tkazilish joylari:

💻Informatika va axborot texnologiyalari
🤩Sana: 13–14-may kunlari
📍Joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filali

🧪Kimyo
🤩Sana: 15–16-may kunlari
📍Joyi: Samarqand davlat universiteti

🧬Biologiya
🤩Sana: 18–19-may kunlari
📍Joyi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti

🌡Fizika
🤩Sana: 19–20-may kunlari
📍Joyi: Namangan davlat universiteti


✅Eslatma, fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍10👏1😁1
Edu.uz pinned a photo
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan vazirning birinchi o‘rinbosari faxriy ustozlarni qutladi!


Ustozlarni eʼzozlash, ularning holidan xabar olish – xalqimizga xos ezgu qadriyat. Ayniqsa, umrini ilm-fan va yoshlar tarbiyasiga bagʻishlagan fidoyi insonlarga hurmat koʻrsatish muhim ahamiyat kasb etadi.


Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov hamda bir guruh professor-oʻqituvchilar uzoq yillar ta’lim
sohasida samarali mehnat qilgan ustozlar – Abduvohid Eshqulov va Gulnora Xushvaqtova xonadonida boʻldilar.

Samimiyatga boy uchrashuv davomida ustozlarning ilm-fan taraqqiyoti, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi va jamiyat rivoji yoʻlidagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi. Dildan kechgan suhbatlarda ular bosib oʻtgan hayot yoʻli, mehnat faoliyati va unutilmas xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4🔥1