Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9may #TalabaYoshlar #VatangaSadoqat
9-may — Xotira va qadrlash kuni
Osiyo xalqaro universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan videorolikda Vatanga sadoqat, tinchlik qadri va insoniy ehtirom aks etgan.
Videoda Erkin Bozorov qalamiga mansub she’rni universitet talabasi, Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Javohir Qosimov o'qigan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may – Xotira va qadrlash kuni!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urush va mehnat faxriylarini, yurtimiz ahlini Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlaydi.
Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urush va mehnat faxriylarini, yurtimiz ahlini Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlaydi.
Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍4
#Xotiravaqadrlashkuni #ehtirom
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo'ydilar.
Ona Vatanimiz uchun kurashib, shahid bo‘lgan ota-bobolarimiz
chuqur hurmat bilan yodga olindi.
Burch, matonat, jasorat! Xalqimiz II Jahon urushida ayni shu fazilatlarni to‘la namoyon qilib, g‘alabaga o‘zining mislsiz hissasini qo‘shdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan.
Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.
O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.

❤11
“Vazir kubogi – 2026” sport musobaqasi o‘tkazildi
9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Suv xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Vazir kubogi – 2026” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, "Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika" universiteti hamda "Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy" universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida do‘stona raqobat muhiti, hamjihatlik va jamoaviy rux yanada kuchaydi. Shuningdek, ushbu sport uchrashuvi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ta’lim va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
G‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar:
- mini futbol
- voleybol
- stol tennisi
- shaxmat
- kurash
sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

❤16😁3👍2🔥1