Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#karyera_haftaligi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera haftaligi”ga start berildi 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda talabalarni mehnat bozorining zamonaviy talablari bilan tanishtirishga qaratilgan “Karyera haftaligi” o‘z ishini boshladi.

Joriy yilning 14-mayidan 21-mayiga qadar davom etadigan ushbu haftalikning ochilish marosimi doirasida yirik “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning soha korxona-tashkilotlari, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, soliq va buxgalterlik tashkilotlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va vakansiyalari bilan ishtirok etdi.


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4🥰1
#xalqaro_hamkorlik

Qatarning “Artan Holding” kompaniyasi bilan Yangi Toshkentda barpo etilishi rejalashtirilgan taʼlim klasteri loyihasi muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qatar Davlatining “Artan Holding” kompaniyasi asoschisi Natra Abdulla boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, delegatsiya tarkibidagi “Artan Holding” bosh ijrochi direktori Nosir An-Naimiy, ijrochi direktor Neil Komerford, “City University Qatar” rektori Faris Gorashi hamda vazirlik huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Xusanov ham ishtirok etdi.


Uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish va zamonaviy taʼlim ekotizimlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yangi Toshkent hududida xalqaro taʼlim klasterini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi. Britaniya xalqaro kunduzgi maktabi “DBS”, Britaniya meros internat maktabi “Glenalmond”, “Ulster” brendi asosidagi universitet hamda kasb taʼlimi akademiyasini oʻz ichiga olgan taʼlim majmuasini barpo etish loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166192

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍1🔥1🥰1
Bitiruvchilarni xalqaro standartlar asosida zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha memorandum imzolandi

Jizzax politexnika instituti hamda Migratsiya agentligining Jizzax hududiy filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlikning amaliy natijasi sifatida institutda xalqaro standartlar asosida zamonaviy kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, xalqaro yuk tashuvlari sohasida faoliyat yurituvchi haydovchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

Batafsil

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1👏1