Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
❗️Texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari diqqatiga!

📢 Attestatsiya boʻyicha ovozli chat

Ayni paytda kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey pedagoglari uchun attestatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chat Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida bo‘lib o‘tmoqda.

💬 Ovozli chat davomida mutaxassislar tomonidan:
🟢imtihon jarayonlarining tashkil etilishi;
🟢 attestatsiya test sinovlariga tayyorgarlik;
🟢pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda malaka toifasi berish tartibi yuzasidan tavsiyalar beriladi.

Oldindan savol yuborish uchun havola:
👉 @kasbedu_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1😁1
#Doʻstlik_festivali

“Yangi O‘zbekiston” yoshlarini birlashtirgan “Do‘stlik festivali”


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Toshkent shahri va respublikamizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar ishtirokida “Do‘stlik festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Festival doirasida “Vatanparvar yoshlar – Yagona O‘zbekiston kelajagi bunyodkorlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini, sport musobaqalari, ijodiy kechalar hamda “Biz bir oila farzandlarimiz” nomli konsert dasturlari tashkil etildi.

👉 Batafsil

👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2👏2
🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Respublika bosqichi yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
💠Musobaqa davomida ishtirokchilar yengil atletika, kamondan o‘q otish, velosport, estafetali yugurish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda jamoani tanishtirish shartlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Qarshi davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
🥉 3-o‘rin — Termiz davlat universiteti

✨ “Eng namunali jamoa” nominatsiyasi — Qoraqalpoq davlat universiteti
🤝 “Eng ahil jamoa” nominatsiyasi — Jizzax davlat pedagogika universiteti

💠G‘olib va faol jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💠Mazkur musobaqa talaba-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylik, liderlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Barcha ishtirok etgan jamoalarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥13👏4
#Talabalar_ligasi #Talabalar_sporti

Samarqandda “Talabalar ligasi” musobaqalarining voleybol sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi bellashuvlari nihoyasiga yetdi.

Tantanali yopilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Qosimov hamda Samarqand davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Otaqulov so‘zga chiqib, musobaqalarning yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

Qizlar o‘rtasida:
🥇 Namangan davlat universiteti
🥈 Buxoro davlat universiteti
🥉 Andijon davlat pedagogika instituti

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 Buxoro davlat universiteti
🥈 Xalqaro innovatsion universitet
🥉 Jizzax davlat pedagogika instituti


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons

Markaziy Osiyoda ilk bor: Garvard Yosh Liderlar Sammiti!

Joriy yilning 18-21 may kunlari "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Garvard universitetining nufuzli loyihasi – "Harvard Project for Asian and International Relations" (HPAIR) bilan hamkorlikda Garvard Yosh Liderlar Sammiti – HYLS bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi marta amalga oshirilmoqda.

Sammitda Garvard universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari, xalqaro miqyosda tanilgan spikerlar, shuningdek, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ortiq maktab o‘quvchilari hamda universitet talabalari ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🔥5