Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-22-may kunlari Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovning ochilish marosimi 19-may soat 10.00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralab olingan 280 nafar iqtidorli yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda ixtirochilik ishlanmalari bilan ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍12❤5🔥3
Xalqaro musiqa taʼlimi forumida 20 ga yaqin memorandum imzolandi

“Musiqa taʼlimi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi doirasida Turkiy davlatlar, MDH hamda Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyurgan oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida Rektorlar forumi tashkil etildi.

Forumda Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoniga innovatsion yondashuvlar va zamonaviy oʻqitish usullarini joriy etish, qoʻshma ijodiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-uslubiy nashrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish hamda talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida 20 ga yaqin hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2
Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda

18-may kuni Samarqandda Markaziy Osiyoda ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostida Garvard yetakchi yoshlar sammiti o‘z ishini boshladi.

Jahonga mashhur Garvard universiteti professori va iqtidorli talabalari qadim Samarqand zaminida yoshlar va ta’lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biriga start berdilar. Sammit “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi, Harvard Project for Asian and International Relations (HPAIR) va Istiqbolli Ta’lim maktabi hamkorligida tashkil etilgan.


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍8🎉2🔥1😁1