Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#vazir #OchiqMuloqot

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashdi


Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida oliygohlar professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining yurtimizdagi tarixiy muzeylar, muqaddas qadamjolar va diqqatga sazovor maskanlariga tashrifi tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayohatchilar guruhi — qoraqalpog‘istonlik talaba-yoshlar poytaxtimizning tarixiy hamda zamonaviy maskanlariga tashrif buyurishdi.

“Toshkent City” hududida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167706

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤6🔥1
#Talabalar_ligasi #Futzal #Basketbol #Stol_tennisi #Badminton

Farg‘onada “Talabalar ligasi” final ishtirokchilari kutib olindi

Farg‘ona davlat universiteti oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Joriy yilning 20–25-may kunlari o‘tkaziladigan sport musobaqalarida mamlakatimizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 900 nafarga yaqin talaba-sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etmoqda.

Respublika final bosqichi Futzal 5x5, basketbol, badminton va stol tennisi sport turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167711

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1
O‘zbekiston va Germaniya: oliy ta’lim, til sertifikatlash va kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi maqsadlar belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniyaning BILDUNG & BERUF hamda TELC kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki davlat o‘rtasida ta’lim, til sertifikatlash, kasbiy tayyorgarlik va malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari Germaniyaning 55 dan ziyod universitet va ilmiy-ta’lim tashkilotlari bilan 110 dan ortiq hamkorlik shartnomalari va memorandumlari asosida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

#Xalqaro_hamkorlik

Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/167746

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3👏1