Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Webster universiteti bilan Xalqaro boshqaruv xizmatlari to‘g‘risidagi bitim (IMSA) uzaytirildi

Uchrashuvda Webster universiteti bilan o‘zaro hamkorlikning bugungi natijalari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, 2019-yildan buyon universitetning Toshkentdagi filialida talabalar soni 360 nafardan 7 ming nafarga yetdi.

Shuningdek, filial ketma-ket uch yil davomida “Yil brendi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu o‘zaro ishonchli aloqa, ilg'or o‘quv dasturlari va ta‘lim tizimiga qartilgan e‘tiboring amaldagi natijasidir.


Muloqot davomida yangi kampus qurilishi, ta’lim infratuzilmasini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos yaxlit ta’lim ekotizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘rtasida Xalqaro boshqaruv xizmatlari to‘g‘risidagi bitim (IMSA)ni yangi shartlar asosida uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167727

👉 На русском
👉 In English

#Xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11
“International Finance” litseyining 21 nafar o‘quvchisi Koreyaning Kyungdong Global universiteti grantlarini qo‘lga kiritdi 

Shu munosabat bilan 20-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti litseyida o‘tkazilgan tadbirda universitet rektori, professor To‘lqin Teshaboyev, Kyungdong Global universiteti rektori, professor John Kyu Lee, grant sohibi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari, akademik litsey ma’muriyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 21 nafar iqtidorli o‘quvchiga Kyungdong universiteti grantlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

Batafsil

#Xushaxabar #Xalqaro_grant #Koreya #Kyungdong

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5🔥4👏2🎉1
#Talabalar_sporti

SamISI’da “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi


Bugun, 20-may kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport sinovlari tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.

Mazkur sport tadbiri davomida ishtirokchilar o‘z jismoniy imkoniyatlarini turli yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazdilar. Xususan, arg‘amchida sakrash, 60 metrga yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish, yerga tayangan holda qo‘llarni bukish va yozish, kurakda yotgan holda gavdani 90 darajaga ko‘tarish hamda savatga to‘p tashlash kabi mashqlar bajarildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥4👍1