Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sian shahrida “Study in Uzbekistan” milliy taʼlim koʻrgazmasiga rasman start berildi

 
Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy Sian shahrida uchinchi “Oʻzbekiston-Xitoy hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” milliy taʼlim koʻrgazmasi bugun rasman oʻz ishini boshladi.
 
Koʻrgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi Oʻzbekistonning 43 ta yetakchi oliy taʼlim tashkiloti oʻzining taʼlim dasturlari, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168094

#StudyInUzbekistan #UzbekistanChina #Xian2026

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7❤6👏2
#talabalar_ligasi #kurash #TerDU

Talabalar ligasi: kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

18–20-may kunlari Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida:

🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti — 5 ta oltin va 2 ta bronza medal bilan mutlaq g‘olib bo‘ldi;

🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston davlat universiteti — 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medal;

🥉 3-o‘rin — Jizzax davlat pedagogika universiteti — 2 ta oltin va 1 ta kumush medal;

🥉 3-o‘rin — Navoiy davlat universiteti — 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Batafsil: https://tersu.uz/news/view/3589

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11
Kitob hidini sevadigan insonlar – jamiyatning eng boy odamlaridir!


21-may – O‘zbekistonda Kutubxonachilar kuni!

Bugun mamlakatimizda maʼrifat maskanlarining fidoyilari, ilm-fan xazinabonlari bo‘lmish kutubxona xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlamoqdalar.

Yoshlarni mutolaa, tafakkur va ma’rifat sari yetaklayotgan barcha fidoyi kutubxonachilarni chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizlar:
📖 ilm ulashasiz,
🧠 tafakkurni boyitasiz,
✨ yoshlar qalbida orzu va maqsad uyg‘otasiz.

Kutubxona – shunchaki kitoblar maskani emas, balki kelajak bunyod bo‘ladigan ma’rifat dargohidir.
Ana shu maskanning yuragi esa – Siz, aziz kutubxonachilarsiz!

Minglab kitoblar orasidan insonlarga kerakli nur, bilim va ilhom topib berayotgan sharafli kasb egalariga samimiy tashakkur bildiramiz.

Barcha kutubxonachilarga mustahkam sog‘liq, cheksiz sabr va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
 
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12❤11🎉1