Oʻzbekiston oliygohlari delegatsiyasi Myunxen texnika universiteti tajribasini oʻrgandi
Muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif doirasida Myunxen texnika universiteti (TUM) faoliyati bilan tanishdi. TUM International xalqaro hamkorlik boʻlimi katta menejeri Fabian Jodeit universitetning xalqaro faoliyati boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176086
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Taqdimotda Myunxen texnika universitetining boshqaruv tizimi, taʼlim dasturlari, xalqaro hamkorlik siyosati, akademik mobillik imkoniyatlari, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish mexanizmlari hamda xorijiy hamkorlar bilan ishlash tajribasi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, universitetning sanoat korxonalari bilan yaqin hamkorlik asosida shakllangan taʼlim modeli va innovatsion ekotizimi haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.
Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari universitetning mashinasozlik fakulteti laboratoriyalarida boʻlib, zamonaviy tadqiqot uskunalari, talabalarning amaliy tayyorgarlik jarayonlari hamda laboratoriya faoliyatining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan tizimi bilan tanishdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176086
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍4🤔2
Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va kelgusi rejalari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va uni yanada rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda ilmiy-tadqiqot va nashr ishlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Markazning ilmiy jurnalini xalqaro “Scopus” va “Web of Science” bazalariga kiritish, ilmiy markazlarning yagona integratsiyalashgan platformasini yaratish, qoʻlyozmalarning raqamli katalogini tayyorlash rejalashtirilgan.
Diniy-maʼrifiy sohadagi magistr va doktorantlar uchun “Islom maʼrifati” stipendiyasini joriy etish, dunyoga mashhur olim va ekspertlarning kitoblari taqdimotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

👏9❤8👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!
🏆 Qarshi davlat universiteti jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini samimiy muborakbod etadi.
⚽️ Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va yorqin g‘alabalar tilaymiz.
🤝 Biz birgamiz! Yangi O‘zbekistonning g‘ururi va faxri bo‘lgan milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lsin!

❤16👍9😱2👏1
#Xalqaro_hamkorlik
Bavariya hukumati bilan dual taʼlim va talabalar amaliyoti boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlari belgilandi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya oʻlkasining Davlat kanselyariyasiga tashrif buyurib, Bavariyaning xalqaro masalalar boʻyicha davlat vaziri janob Eric Baysvenger bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.
Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
✅ Bavariya hukumati koʻmagida Oʻzbekiston talabalari uchun Bavariya davlat idoralari va tashkilotlarida amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
✅ Oʻzbekiston universitetlari bilan Bavariya amaliy fanlar universitetlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish;
✅ dual taʼlim, amaliy muhandislik va sanoat bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari boʻyicha tajriba almashish;
✅ Bavariya kompaniyalari bilan talabalar amaliyoti va qoʻshma loyihalar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.
Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va taʼlimni real iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bogʻlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bavariya hukumati bilan dual taʼlim va talabalar amaliyoti boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlari belgilandi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya oʻlkasining Davlat kanselyariyasiga tashrif buyurib, Bavariyaning xalqaro masalalar boʻyicha davlat vaziri janob Eric Baysvenger bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.
Bavariya — Germaniyaning eng kuchli iqtisodiy hududlaridan biri boʻlib, BMW, Audi, Siemens, Siemens, Airbus, Allianz, Munich Re, Adidas, Puma kabi global kompaniyalar Bavariyani Yevropaning yetakchi sanoat, muhandislik, tibbiy texnologiyalar, aerokosmik va moliyaviy markaziga aylantirgan.
Bavariya iqtisodiyotining yana bir kuchli tomoni — Mittelstand, yaʼni kichik va oʻrta biznes hamda dual taʼlim tizimidir. Bu modelda yoshlar taʼlim muassasasida nazariy bilim olib, bir vaqtning oʻzida kompaniyalarda amaliy tajriba orttiradi.
Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va taʼlimni real iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bogʻlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍7👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan shahridagi Turon xalqaro universitetida “Kelajakka qadam” dasturi tashabbusi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir orqali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsad qilingan.
#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2026 #Namangan #Bandlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥9👍2👏2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
#tadqiqotdan_amaliyotga
Orolning qurigan tubidagi oʻsimliklarning yashovchanligini oshiruvchi biopreparatlar yaratildi
OʻzMU Jizzax filiali professori Sayyora Murodova rahbarligida Orol dengizining qurigan tubidagi oʻta shoʻr tuproqlarda oʻsimliklar hayotchanligini oshirishga qaratilgan amaliy loyiha amalga oshirilmoqda.
Mazkur ilmiy ishlanma Orolboʻyida ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilish bilan birga, talabalarning ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishi va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash uchun ham muhim maydon vazifasini oʻtamoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Orolning qurigan tubidagi oʻsimliklarning yashovchanligini oshiruvchi biopreparatlar yaratildi
OʻzMU Jizzax filiali professori Sayyora Murodova rahbarligida Orol dengizining qurigan tubidagi oʻta shoʻr tuproqlarda oʻsimliklar hayotchanligini oshirishga qaratilgan amaliy loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyihada professor-oʻqituvchilar bilan bir qatorda iqtidorli talabalar ham faol ishtirok etmoqda.
Tadqiqot davomida hududning shoʻr tuproqlaridan 1000 dan ortiq mikroorganizm namunalari ajratib olinib, eng samarali 100 tasi asosida maxsus mikrobiologik kolleksiya yaratildi.
Ular negizida ishlab chiqilgan “Zamin-M” va “Rizotoʻplam” biopreparatlari Orolboʻyi sharoitida oʻsimlik urugʻlarining unuvchanligi va chidamliligini oshirishda yuqori samara koʻrsatmoqda.

👍9❤7🔥1👏1🎉1