Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Bavariya hukumati bilan dual taʼlim va talabalar amaliyoti boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlari belgilandi
 
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya oʻlkasining Davlat kanselyariyasiga tashrif buyurib, Bavariyaning xalqaro masalalar boʻyicha davlat vaziri janob Eric Baysvenger bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.

Bavariya — Germaniyaning eng kuchli iqtisodiy hududlaridan biri boʻlib, BMW, Audi, Siemens, Siemens, Airbus, Allianz, Munich Re, Adidas, Puma kabi global kompaniyalar Bavariyani Yevropaning yetakchi sanoat, muhandislik, tibbiy texnologiyalar, aerokosmik va moliyaviy markaziga aylantirgan.

Bavariya iqtisodiyotining yana bir kuchli tomoni — Mittelstand, yaʼni kichik va oʻrta biznes hamda dual taʼlim tizimidir. Bu modelda yoshlar taʼlim muassasasida nazariy bilim olib, bir vaqtning oʻzida kompaniyalarda amaliy tajriba orttiradi.


Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

✅Bavariya hukumati koʻmagida Oʻzbekiston talabalari uchun Bavariya davlat idoralari va tashkilotlarida amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish;

✅Oʻzbekiston universitetlari bilan Bavariya amaliy fanlar universitetlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish;

✅dual taʼlim, amaliy muhandislik va sanoat bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari boʻyicha tajriba almashish;

✅Bavariya kompaniyalari bilan talabalar amaliyoti va qoʻshma loyihalar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va taʼlimni real iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bogʻlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍7👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Namanganda “TalabaExpo — 2026” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Namangan shahridagi Turon xalqaro universitetida “Kelajakka qadam” dasturi tashabbusi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir orqali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsad qilingan.

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2026 #Namangan #Bandlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥9👍2👏2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – burch va intizom namunasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
#tadqiqotdan_amaliyotga

Orolning qurigan tubidagi oʻsimliklarning yashovchanligini oshiruvchi biopreparatlar yaratildi


OʻzMU Jizzax filiali professori Sayyora Murodova rahbarligida Orol dengizining qurigan tubidagi oʻta shoʻr tuproqlarda oʻsimliklar hayotchanligini oshirishga qaratilgan amaliy loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyihada professor-oʻqituvchilar bilan bir qatorda iqtidorli talabalar ham faol ishtirok etmoqda.

Tadqiqot davomida hududning shoʻr tuproqlaridan 1000 dan ortiq mikroorganizm namunalari ajratib olinib, eng samarali 100 tasi asosida maxsus mikrobiologik kolleksiya yaratildi.

Ular negizida ishlab chiqilgan “Zamin-M” va “Rizotoʻplam” biopreparatlari Orolboʻyi sharoitida oʻsimlik urugʻlarining unuvchanligi va chidamliligini oshirishda yuqori samara koʻrsatmoqda.


Mazkur ilmiy ishlanma Orolboʻyida ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilish bilan birga, talabalarning ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishi va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash uchun ham muhim maydon vazifasini oʻtamoqda.
 
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥1👏1🎉1
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya hunarmandchilik palatasi faoliyatini oʻrgandi

Oʻzbekiston Respublikasi texnika oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandchilik palatasining (Handwerkskammer für München und Oberbayern) Oʻquv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandchilik palatasi (Handwerkskammer für München und Oberbayern) Germaniyadagi eng yirik hunarmandchilik palatalaridan biri hisoblanadi. Palata tarkibiga 80 mingdan ortiq hunarmandchilik va kichik biznes subyektlari aʼzo boʻlib, ularning faoliyatida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi.


Palata tomonidan har yili 30 mingdan ortiq oʻquvchi va mutaxassislar uchun kasbiy taʼlim hamda malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi. Oʻquv markazi avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, yogʻochga ishlov berish, metallga ishlov berish, sanitariya va energiya texnologiyalari kabi 30 dan ortiq yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlar olib borish imkoniyatiga ega.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176826

#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤6👏3🎉1