Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Madridda O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi tashkil etildi

Joriy yilning 10-iyun kuni Madrid shahridagi Rey Xuan Karlos universitetida O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimni O‘zbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farrux Tursunov, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti rektori Komiljon Karimov, Ispaniya Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) vakillari hamda Rey Xuan Karlos universiteti rahbari ochib berdi.


Anjumanda oliy ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, universitetlararo aloqalarni mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176992

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4😁2👏1🎉1
#Xalqaro_hamkorlik

Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Xitoyning Lyaonin pedagogika universitetida bo’ldilar


2026–2027-o‘quv yilidan Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 8–9 iyun kunlari Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetida bo‘ldi.

Tashrif davomida universitet Partiya qo‘mitasi Bosh kotibi Liu Hong va rektor Luo Wenbo bilan uchrashuv o‘tkazilib, filialni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, universitet rahbariyati va mas’ullari ishtirokida muzokaralar tashkil etildi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5945

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍3
Giyohvandlikka qarshi kurashish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Narkojinoyatlarning zamonaviy usul va shakllari inobatga olinib, gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish, bangixona tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli qilmish boʻyicha jazo choralari ogʻirlashtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍1👏1
#Yoshlar_kuni #DualTa'lim

Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ipoteka-bank o‘quv-amaliy laboratoriyasi” ochildi

Mazkur laboratoriya yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Yangi o‘quv-amaliy laboratoriya talabalar uchun bank-moliya sohasi, menejment, mijozlar bilan ishlash, kreditlash, moliyaviy tahlil, raqamli bank xizmatlari va tadbirkorlik faoliyatiga oid amaliy bilimlarni egallash imkonini beradi.


Bu yerda amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, mahorat darslari, moliyaviy savodxonlik treninglari, biznes loyiha taqdimotlari hamda bank mutaxassislari ishtirokidagi ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

Batafsil
...


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7😁3🔥2🤔1😱1