Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi.

Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi.

Misol uchun, qurilish materiallari tarmog‘iga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari markazi hamda Materialshunoslik instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti biriktirildi.

Ular yangi turdagi materiallarga talab, buni qoplash uchun qaysi tumanda nima loyiha qilish, qanday texnologiyadan foydalanish, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.


Barcha tarmoq rahbarlariga “aql markazi”, sohaviy ilmiy institut va oliygohlar bilan har bir tuman imkoniyatini shu yondashuv asosida tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga katta turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FoydaliMaslahat

Davlat OTTlariga qabul yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi


Davlat oliy ta‘lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bugun yakunlanadi.

Imkon qadar ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyentlar arizalarini soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Mutaxassislar texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida hujjat topshirishni so‘nggi daqiqalarga qoldirmaslikni tavsiya etmoqda.

Ayni paytga qadar davlat OTTlariga o‘qishga kirish uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍4
Strategik muloqot va amaliy natijalar: Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreyaga tashrifi yakunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti delegatsiyasi Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Tashrif doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi.

Tashrif dasturidan o‘rin olgan “Oʻzbek–Koreya ekspertlar forumi”da mamlakatimizda oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsion rivojlanish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdimot qilindi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Shuningdek, Janubiy Koreya Taʼlim vazirligi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda talabalar almashinuvi, qoʻshma kafedralar tashkil etish, shaharsozlik, muhandislik va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida xalqaro dasturlar asosida kadrlar tayyorlash masalalari koʻrib chiqildi. Tomonlar ushbu yoʻnalishlarda hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va uni vazirlar darajasida imzolash boʻyicha kelishuvga erishdi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/183787

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥5👍2❤1
Kelajak mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar: ta’lim va ishlab chiqarish birlashmoqda!

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi hamda “JAC Motors Toshkent” MCHJ QK o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum kasbiy ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan yanada yaqin integratsiya qilish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

📌 Hamkorlik doirasida:
🔹 dual ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish;
🔹 ta’lim dasturlarini ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish;
🔹 o‘quvchilarning korxonalarda amaliyot o‘tashini tashkil etish;
🔹 zamonaviy texnologiyalar asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish;
🔹 korxona ehtiyojidan kelib chiqib malakali kadrlar zaxirasini yaratish ishlari amalga oshiriladi.


🎓 Ushbu hamkorlik yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_Expo_2026

🎓Talaba Expo–2026: Talaba va ota-onalar nigohida kelajak imkoniyatlari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2👍1🤩1