Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #Abituriyent2026

🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔


📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:

✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.

🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari

🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.

🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.

🌍 Xalqaro hamkorlik

Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.

💼 Professional sertifikatlar

✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.

💻 Zamonaviy ta’lim

Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

🤝 Bandlik kafolati

Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:

✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.

🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)

👥 Kvota — 200 nafar.

Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.

🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4
Gruziya bilan kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
—

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Премьер-министр Грузии Ираклий Кобахидзе подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. Также состоялся обмен рядом двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Gruziya #hujjatlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥3👍2
Ilm-fan yutuqlari — oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish xizmatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Siradjev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mutasaddilar universitetda amalga oshirilayotgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion ishlanmalar hamda ularni iqtisodiyotning real tarmoqlariga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Shuningdek, universitet huzuridagi "Molekulyar va hujayra biotexnologiyasi" oliygohlararo oʻquv-ilmiy laboratoriyasida molekulyar biotexnologiya, hujayra texnologiyalari, gen muhandisligi, mikrobiologiya va bioinformatika yoʻnalishlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ularning qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, tibbiyot hamda ekologik barqarorlikni taʼminlashdagi amaliy ahamiyati haqida maʼlumot berildi.

Xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, biotexnologiya, kimyo, biologiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda ularning amaliy natijalari taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187141

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥3
#Qonunchilik_yangiliklari

🏢 Talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi


📝Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi 353-son qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va moliyalashtirish tartibi yangilandi.

🤝Endilikda tadbirkorlar davlat bilan hamkorlikda zamonaviy talabalar turar joylarini quradi, davlat esa ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.

📮Yangi tartibning asosiy jihatlari:

✅ DXSh asosidagi loyiha kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyi uchun amalga oshiriladi.

❇️ DXSh har bir yotoq o‘rni uchun qurilish xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya ajratadi (belgilangan limit doirasida).

➖ Talabalar turar joyi uchun to‘lov miqdori davlat va xususiy sherik o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.

➖ Davlat qabul komissiyasi orqali joylashtirilgan talabalar uchun yotoqxonani saqlash va foydalanish xarajatlarining 50 foizigacha davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi (belgilangan me'yor doirasida).

❗️ Agar yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar qolsa, ularga boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ham joylashtirilishi mumkin.

🪧Shuningdek:

✔️ Yotoqxona uchun ajratilgan yer maydonida bitimda belgilangan yotoq oʻrinlardan tashqari bo‘sh maydonlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga ruxsat beriladi.

🔹 Davlat subsidiyalari maxsus elektron platforma orqali talabalarning biometrik identifikatsiyasi asosida hisoblanadi.

🚫 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat OTTlari buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan 50 o‘rinli yangi yotoqxonalar qurish amaliyoti bekor qilinadi. Avval boshlangan loyihalar esa amaldagi bitimlar muddati tugaguniga qadar davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2
#TurizmChust

❗️Chust – hunarmandchilik an’analari yashayotgan qadimiy shahar

Namangan viloyatidagi Chust shahri Farg‘ona vodiysining eng qadimiy maskanlaridan biri bo‘lib, dunyoga mashhur Chust pichoqlari va milliy do‘ppilari bilan tanilgan.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187148
———
Город Чуст, расположенный в Наманганской области, является одним из древнейших населённых пунктов Ферганской долины. Он известен во всём мире своими знаменитыми чустскими ножами и национальными тюбетейками.

Подробнее: https://gov.uz/ru/edu/news/view/187148
———
Located in the Namangan region, the city of Chust is one of the oldest settlements in the Fergana Valley. It is renowned worldwide for its famous Chust knives and traditional Uzbek skullcaps (doppi).

Learn more: https://gov.uz/en/edu/news/view/187148

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4👏2🔥1