Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

🏢 Talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi


📝Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi 353-son qarori bilan talabalar turar joylarini (TTJ) davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va moliyalashtirish tartibi yangilandi.

🤝Endilikda tadbirkorlar davlat bilan hamkorlikda zamonaviy talabalar turar joylarini quradi, davlat esa ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.

📮Yangi tartibning asosiy jihatlari:

✅ DXSh asosidagi loyiha kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyi uchun amalga oshiriladi.

❇️ DXSh har bir yotoq o‘rni uchun qurilish xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya ajratadi (belgilangan limit doirasida).

➖ Talabalar turar joyi uchun to‘lov miqdori davlat va xususiy sherik o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.

➖ Davlat qabul komissiyasi orqali joylashtirilgan talabalar uchun yotoqxonani saqlash va foydalanish xarajatlarining 50 foizigacha davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi (belgilangan me'yor doirasida).

❗️ Agar yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar qolsa, ularga boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ham joylashtirilishi mumkin.

🪧Shuningdek:

✔️ Yotoqxona uchun ajratilgan yer maydonida bitimda belgilangan yotoq oʻrinlardan tashqari bo‘sh maydonlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga ruxsat beriladi.

🔹 Davlat subsidiyalari maxsus elektron platforma orqali talabalarning biometrik identifikatsiyasi asosida hisoblanadi.

🚫 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat OTTlari buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan 50 o‘rinli yangi yotoqxonalar qurish amaliyoti bekor qilinadi. Avval boshlangan loyihalar esa amaldagi bitimlar muddati tugaguniga qadar davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2
#TurizmChust

❗️Chust – hunarmandchilik an’analari yashayotgan qadimiy shahar

Namangan viloyatidagi Chust shahri Farg‘ona vodiysining eng qadimiy maskanlaridan biri bo‘lib, dunyoga mashhur Chust pichoqlari va milliy do‘ppilari bilan tanilgan.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187148
———
Город Чуст, расположенный в Наманганской области, является одним из древнейших населённых пунктов Ферганской долины. Он известен во всём мире своими знаменитыми чустскими ножами и национальными тюбетейками.

Подробнее: https://gov.uz/ru/edu/news/view/187148
———
Located in the Namangan region, the city of Chust is one of the oldest settlements in the Fergana Valley. It is renowned worldwide for its famous Chust knives and traditional Uzbek skullcaps (doppi).

Learn more: https://gov.uz/en/edu/news/view/187148

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #Abituriyent2026

Farmatsevtika va biotexnolog
iyalar kelajagi qayerda?

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan davlat xalqaro universiteti — Farmatsevtika texnik universitetida quyidagi yo‘nalishlarda qabul davom etoqda:

🔷Sanoat farmatsiyasi
🔷Xalqaro farmatsiya
🔷Biokimyo
🔷Biotibbiyot


✅Biznes menejment
✅Data analitika

Darslar to‘liq ingliz tilida o‘tiladi;

🎓 Bitiruvchilar Buyuk Britaniyaning De Montfort University va University of Sunderland Janubiy Koreyaning Yonsei (QS TOP 42) universitetlari diplomini olishadi.

Batafsil: +998 55-900-05-00
🌐 ptu.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
Vazirlik tizimi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

🔷Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparat va tasarrufidagi tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tdi.

Turnirda vazirlikning markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan, 30 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar tarkibdan iborat bir nechta jamoalar ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib topildi:

🥇1-o‘rin – Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi;
🥈2-o‘rin – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi;
🥉3-o‘rin – Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi jamoasi.

🏆Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mos ravishda 6 donadan noutbuk, planshet va televizor bilan taqdirlandi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍6🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Dunyoda rahbarlar tanqis, ammo O‘zbekistonda buyuk yetakchi bor” — Gruziya Bosh vaziri

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi.

Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Hukumat rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.

“Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😁4
#Qabul2026 #Ruxsatnoma

Kasbiy (ijodiy) va IQ imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi


Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va
Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim tashkilotida o‘tkaziladi.

📋 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

ℹ️ Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥2😁2👍1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi


📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔰 O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

🎓 Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar


Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi:

🌱 ekologiya va atrof-muhit;
♻️ yashil iqtisodiyot;
🌍 iqlim o‘zgarishi;
☀️ qayta tiklanuvchi energiya;
💧 suv resurslarini boshqarish;
🤖 mobil robototexnika;
🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);
🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi;
🏕 ekoturizm;
🚆 temir yo‘l muhandisligi
.

🎓 Magistraturada yangi mutaxassisliklar


Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan:

▪️ xalqaro energetik siyosat;
▪️ xalqaro suv diplomatiyasi;
▪️ sirkulyar iqtisodiyot;
▪️ barqaror moliya;
▪️ rivojlanish iqtisodiyoti;
▪️ ekologiya huquqi;
▪️ xalqaro savdo huquqi;
▪️ nazariy va muhandislik fizikasi;
▪️ urbanistika;
▪️ barqaror shaharsozlik;
▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;
▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.

📌 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

➡️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi.
✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi.
🚫 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi.

👉🏻 Hujjatni yuklab olish

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-sinf bitiruvchilari diqqatiga!

Nima uchun texnikumlarda o‘qishni tanlashingiz kerak?

🔵 2026/2027-o‘quv yilidan texnikumlarda dual ta’lim asosida o‘qiganlarga har oy 1 BHM (440 000 so‘m) miqdorida;
🔵 A’lo o‘qigan (85%+ natija) va tanlov g‘oliblariga 3 BHM (1 320 000 so‘m) miqdorida stipendiya beriladi
🔵 WorldSkills xalqaro chempionati g‘olibiga esa 1 mlrd 30 mln so‘m Prezident sovrini taqdim etiladi;
🔵 O‘qish bilan birga korxonalarda amaliyot va maosh olish imkoniyati;
🔵 Talab yuqori kasb egallash va davlat granti asosida bepul o‘qish imkoniyati mavjud.


📝 Hujjatlar: my.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
📆 So‘nggi muddat: 20-iyul.
📞 Murojaat uchun: 78 707-28-28.

⏳ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — bugun topshirilgan ariza ertangi muvaffaqiyatingizning poydevori!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ta’lim turizmi — yangi bilim, yangi tajriba

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Ta’lim turizmi – yangi bilim, yangi tajriba” mavzusidagi Summer School – 2026 loyihasi o‘tkazilmoqda.

Yozgi maktab doirasida Fransiya, Germaniya, Latviya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan tashrif buyurgan talaba hamda yosh tadqiqotchilar seminar va mahorat darslarida faol ishtirok etish bilan birga, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda zamonaviy ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Mazkur loyiha xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, yangi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash hamda ta’lim turizmini keng targ‘ib etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


#SummerSchool #NUUz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2