#Dolzarb90kun #Turizm #Yoshlar
Ham sayohat, ham festival: SamISI talaba-yoshlari Navoiyda
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat universiteti bilan hamkorlikda “Navoiyga sayohat karvoni: etno-madaniyat va milliy sport” mavzusida yoshlar turizm festivali tashkil etildi.
👉 На руcском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Festivalning birinchi kunida “Navoiy viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar, Zakovat intellektual o‘yini, futbol va voleybol musobaqalari hamda “Talabalar kechasi” dasturi bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida SamISI mutaxassislari tomonidan Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi.
Festivalning ikkinchi kuni Sarmishsoy davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida davom etdi. Ishtirokchilar mazkur maskanning tarixiy va turistik ahamiyati bilan tanishib, milliy sport musobaqalari, madaniy chiqishlar hamda milliy taomlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar.
Mazkur festival yoshlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
👉 На руcском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bolib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Sergeli tumanida katta o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi. Yaqin-yaqingacha poytaxtning chekka hududi hisoblangan Sergelida aholi ishlash, daromad topish, dam olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun asosan shahar markaziga borishga majbur edi.
Bugun esa tumanda muhit va odamlarning yashash tarzi tubdan o‘zgardi. Sergelida “hayot qaynayapti”. So‘nggi o‘n yilda bu yerda 30 ming xonadonli yangi uy-joylar, umumiy maydoni 2 million kvadrat metr bo‘lgan sanoat, savdo va servis obyektlari barpo etildi.
Tadbirkorlar soni 2,5 mingtadan 6 ming 200 taga ko‘paydi. Tumanda shakllangan budjet tushumlari 382 milliard so‘mdan 2 trillion 200 milliard so‘mga, ya’ni 5,5 barobar oshdi. Aholi uchun 5 ta yirik dam olish maskani va istirohat bog‘lari ishga tushirildi.
Toshkent viloyatidan o‘tgan 13 ta mahallaning hisobiga Sergeli tumani hududi 1 ming 800 gektarga kengayib, jami 5,6 ming gektarga yetdi. Sergelini boshqa tumanlar va shahar markazi bilan bog‘laydigan 9 kilometrlik yo‘l, 8 ta stansiyadan iborat yangi metro liniyasi bunyod etildi.
Maktab o‘rinlari 25 mingdan 38,5 mingga, bog‘cha o‘rinlari 7,5 mingdan 15,5 mingga ko‘paydi. 50 ta davlat va xususiy klinika tashkil etildi.
Shu bilan birga, transport, yo‘l, elektr, suv va kanalizatsiya kabi infratuzilma tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha yechimini kutayotgan masalalar hali ko‘pligi qayd etildi.

❤22👍6
#Qabul2026 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 10-iyulidan 16-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.
Namangan davlat universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning guruhlar kesimidagi ro‘yxati orqali abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin.
Bogʻlanish uchun: +998692395006
*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.
Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilish manzillari:
1. Namangan shahar, Boburshox koʻchasi, 161-uy (Namangan davlat universiteti)
2. Namangan shahar, Istiqlol koʻchasi, 3-uy (Barkamol avlod sport majmuasi)
3. Namangan shahar, Q.Mamarasulov koʻchasi, 10D-uy (Turon xalqaro universiteti)
Bogʻlanish uchun: +998692395006
*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.
Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarKuni #Bitiruvchi2026
Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar kuni keng nishonlandi
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq osmon ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda institut talabalari, bitiruvchilari, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari hamda shahar aholisi ishtirok etdi.
Tadbir avvalida arab davlatlaridan kelib institutda tahsil olgan bir guruh xorijlik bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ular shifokor qasamyodini qabul qildilar.
Batafsil...
👉 На русском

❤13😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026
#Kasbiy_Ijodiy_Imtihon
Abituriyentlar diqqatiga!
Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 6 -iyuldan 15-iyulgacha yo‘nalishlar kesimida o’tkaziladi.
📌 Muhim eslatmalar:
Abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Shuningdek, yo‘nalish xususiyatidan kelib chiqib, zarur jihozlar va sport formasini birga olishlari talab etiladi. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.
Bog'lanish uchun: +998 (72) 221-55-16
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kasbiy_Ijodiy_Imtihon
Abituriyentlar diqqatiga!
Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 6 -iyuldan 15-iyulgacha yo‘nalishlar kesimida o’tkaziladi.
🎓 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va yo’nalishlar:
Jismoniy madaniyat — Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi sport maydoni
Jismoniy madaniyat (imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun) — Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi sport maydoni
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi — JDPU sport zali
Musiqa ta’limi — JDPU madaniyat saroyi
Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) — JDPU madaniyat saroyi.
Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular — JDPU madaniyat saroyi.
Sport faoliyati (voleybol)— JDPU sport zali
Sport faoliyati (futbol) — JDPU sport zali va sport maydoni.
Sport faoliyati (boks) — JDPU sport zali
Sport faoliyati (dzyudo) — JDPU sport zali.
Abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Shuningdek, yo‘nalish xususiyatidan kelib chiqib, zarur jihozlar va sport formasini birga olishlari talab etiladi. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.
Bog'lanish uchun: +998 (72) 221-55-16
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍1🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat
Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.
Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi.
❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?
Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.
📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati👈
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi

📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍1🔥1
Davlat xizmatlarini yanada qulay qilish bo‘yicha taklifingizni bildiring!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha fuqarolar, talabalar, professor-o‘qituvchilar va jamoatchilik vakillaridan takliflar qabul qiladi.
Agar Siz davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida quyidagi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz:
▪️ortiqcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishi;
▪️murakkab va takrorlanuvchi tartib-taomillar mavjudligi;
▪️xizmat ko‘rsatish muddatining asossiz cho‘zilishi;
▪️bir xil ma’lumotlarni turli platformalarda qayta-qayta kiritish zarurati;
▪️fuqarolarning ortiqcha vaqt, mablag‘ yoki kuch sarflashiga sabab bo‘layotgan byurokratik to‘siqlar,
ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuborishingizni so‘raymiz.
Taklifingizda quyidagilarni ko‘rsatishingiz tavsiya etiladi:
➖ mavjud muammo;
➖ uni bartaraf etish yoki soddalashtirish bo‘yicha aniq yechim;
➖ taklif amalga oshirilganda kutilayotgan ijobiy natija.
Sizning har bir taklifingiz davlat xizmatlarini yanada ochiq, shaffof, tezkor va fuqarolar uchun qulay tashkil etishga, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirishga xizmat qiladi.
📝 Taklifingizni qoldiring: @strategik_tashabbus_bot
👉🏻 Vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati

❤16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #Tanlov
2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi.
“President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi:
Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega.
“President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi
2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi.
“President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi:
⚫️ davlat boshqaruvi;⚫️ sanoat va biznes;⚫️ sog‘liqni saqlash;⚫️ ta’lim;⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar.
Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega.
“President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍6🔥3🤔1
#Qabul2026 #Magistratura #Statistika #Abituriyent
2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
📆 6-iyul soat 09:20 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:
♻️ Akademik litseylar
2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga 42 742 ta ariza kelib tushdi.
♻️ Magistratura
Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 9 881 ta ariza qabul qilindi.
♻️ Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Texnikumlarga qabul bo‘yicha 147 354 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi.
💻 Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

❤26😱7🔥3👍2😁1