Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qabul2026 #Abituriyent2026

SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!


“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan:

1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan.

SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi.

Batafsil 👉🏻 bu yerda tanishing.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #kiberxavfsizlik

Hurmatli talaba-yoshlar!


Bugungi kunda kiberjinoyatchilik va onlayn firibgarlik dunyo miqyosida eng dolzarb tahdidlardan biriga aylanmoqda. Afsuski, oson daromad va’dalari ortidan ayrim yoshlar noqonuniy faoliyatga jalb etilayotgani kuzatilmoqda.

Toshkent shahrida transmilliy kiberjinoyatchilik bilan shug‘ullangan noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yilgani barchamiz uchun jiddiy ogohlantirishdir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyatga jalb etilganlar orasida talabalar ham bo‘lgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha talaba-yoshlarni shubhali ish takliflari, noqonuniy onlayn faoliyat hamda “oson daromad” va’dalariga aldanmaslikka chaqiradi.

❗️Unutmang:


➖ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.
➖ Noqonuniy faoliyatdagi ishtirok kelajagingiz, ta’limingiz va obro‘yingizga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
➖ Halol mehnat, bilim va kasbiy salohiyatgina barqaror muvaffaqiyat garovidir.

Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalardan faqat qonuniy va ezgu maqsadlarda foydalaning, o‘z bilimingiz va iste’dodingizni yurtimiz taraqqiyoti hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida safarbar eting.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi.

Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha:

▪️Huquq — 165 ball;
▪️Siyosatshunoslik — 140 ball;
▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball;
▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball;
▪️Transport xizmatlari — 104 ball;
▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball;
▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball;
▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
▪️Veterinariya — 60 ball.

🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

👉🏻 📄 shaklida yuklab olish.

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤39🔥3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026 #Navoiy #Sharhsiz #live

“TalabaExpo–2026” — Navoiyda


Navoiy shahridagi Alisher Navoiy bog‘ida “TalabaExpo–2026” doirasida yirik kasb va taʼlim ko‘rgazmasi boshlanish arafasida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6🤩2👍1🔥1👏1
#Ijodiy_imtihon #Qabul2026

🏛Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 13-iyulidan 17-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning guruhlar kesimidagi ro‘yxati orqali abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilish manzil:

Toshkent shahar, Yangishahar koʻchasi, 9A-uy (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-BINO) Mo'ljal: 8-avtopark.

Bogʻlanish uchun:
+998555080273
+998555080276

⚡️Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥1
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar

Amaliy seminar boshlandi


Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari” mavzusida tashkil etilishi e’lon qilingan ovozli chat formatidagi ochiq muloqot boshlandi.

Mazkur amaliy onlayn-seminar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari uchun dolzarb ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor Jamila Jumabayeva olib borayotgan amaliy seminarda ijtimoiy-gumanitar sohalarda dissertatsiya mavzularini tanlash mezonlari, ilmiy muammoni to‘g‘ri shakllantirish, tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy yangiligini asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Ma’ruzadan so‘ng mutaxassis tomonidan mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar beriladi.


Barcha qiziquvchilarni amaliy onlayn seminarda mazkur havola orqali @attestatsiya  faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
#turizm #Chust

Chust — milliy meros va betakror tabiat manzili


Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri – Chust tumani sizni o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari, etnografik qadriyatlari hamda yuksak turizm salohiyati bilan kutib oladi.

🇺🇿Batafsil videoda 👆
—
Chust — A Destination of National Heritage and Unique Natural Beauty

Located in the Namangan Region, Chust District is one of Uzbekistan’s oldest and most distinctive destinations, welcoming visitors with its rich historical and cultural heritage, breathtaking natural landscapes, unique ethnographic traditions, and outstanding tourism potential.

🇬🇧More details in the video 👆
—

Чуст — край национального наследия и неповторимой природы

Чустский район — один из древнейших уголков Наманганской области, который приглашает познакомиться с богатым историко-культурным наследием, живописными природными ландшафтами, этнографическими традициями и высоким туристическим потенциалом.

🇷🇺Подробности — в видео 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1
#TalabaExpo2026 #Navoiy

Navoiyda “TalabaExpo – 2026” kasb va ta’lim ko‘rgazmasi boshlandi

Bugun Navoiy shahrida “TalabaExpo – 2026” kasb va ta’lim ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy bankning mas’ul xodimlari, Navoiy davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyati, shuningdek, Navoiy viloyatidagi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.


Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar va zamonaviy mutaxassisliklarga yo‘naltirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.

Ayni paytda ko‘rgazma doirasida bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari yarmarkasi, ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar hamda bitiruvchi yoshlar uchun ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190263

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥1🤩1
#Ijodiy_imtihon #Qabul2026 #Live

2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish platformasi ishga tushirildi


Oliy ta’lim tashkilotlarining sport, jurnalistika, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo'yicha o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Mazkur platforma imtihon jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi hamda ota-onalar, nazoratchilar va keng jamoatchilikka imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratadi.

Platformaga o‘tish: imtihon.edu.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🎉1