Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#InnoTexnopark

“Inno” texnoparki rezidentligi bo‘yicha Ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki rezidenti maqomini berish va amaldagi rezidentlik muddatini uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan Ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Inter Kompozit” MChJ, “Kompozit Nanotexnologiyasi” MChJ, “CHINAR FM” MChJ, “ARHAT Inks” MChJ hamda “CYBERONE” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdim etilib, ularning texnologik yechimlari, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib borildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190446

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍7🔥1
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan, Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi oʻrtasida ham memorandum imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7