Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda


Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

📅 10-iyul kuni kasbiy imtihonlar 29 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

▪️Andijon davlat universiteti

▪️Buxoro davlat pedagogika instituti

▪️Buxoro davlat universiteti

▪️Chirchiq davlat pedagogika universiteti

▪️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

▪️Farg‘ona davlat universiteti

▪️Guliston davlat pedagogika instituti

▪️Guliston davlat universiteti

▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

▪️Jizzax politexnika instituti

▪️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti

▪️Milliy rassomlik va dizayn instituti

▪️Namangan davlat universiteti

▪️Navoiy davlat univeristeti

▪️O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti

▪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

▪️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

▪️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

▪️O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

▪️Milliy estrada san‘ati instituti

▪️O'zbekiston milliy pedagogika universiteti

▪️Qarshi davlat universiteti

▪️Qoraqalpoq davlat universiteti

▪️Samarqand davlat universiteti

▪️Termiz davlat universiteti

▪️Toshkent davlat tibbiyot universiteti

▪️Urganch davlat pedagogika instituti

▪️Urganch davlat universiteti


🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — xalqaro diplom sohibi bo‘ling

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul boshlandi!

Dunyoda e’tirof etilgan ta’lim, xalqaro tajriba va yuqori malakali mutaxassisga aylanish imkoniyati sizni kutmoqda.

Dasturning ustunliklari:
- Ikki universitetning diplomi;
- Jahonning Top-500 talik nufuzli universiteti diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati;
- O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tashkilotlarida amaliyot va stajirovka;
- Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalar.


Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bugun ariza topshiring va kelajagingizni xalqaro ta’lim bilan bog‘lang!

Hujjatlar 2026-yil 6-iyuldan 12-sentyabrgacha (shu kuni ham) https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Batafsil maʼlumot bilan ushbu 👉 havola orqali tanishing

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
#tanlov #kitobxonlik

“Kitobxon yoshlar ligasi”
tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 2-mavsumi final bosqichi tashkil etildi. Unda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 142 nafar talaba-yoshlar hududlardagi oliygohlarga tashrif buyurib, markazlashgan formatda ishtirok etishdi. Finalni Markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Finalda ishtirokchilarga O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”, Tohir Malikning “Alvido, bolalik” hamda Jorj Oruellning “1984” asarlari yuzasidan jami 50 ta test savoli taqdim etildi. Yakunda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topildi, natijalar teng bo‘lgan hollarda esa qo‘shimcha savollar orqali g‘olib aniqlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/191205

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1