Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibi tasdiqlandi


Adliya vazirligi tomonidan davlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlarini tayyorlashga qaratilgan “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul qilish tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Asosiy talablar:
➖ Nomzodlar 30 yoshga to‘lgan, magistr darajasiga ega bo‘lishi;
➖ Oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi lozim;
➖ Qabul bepul va ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
➖ Yillik qabul kvotasi — 80 nafar.

Batafsil videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤13😁12🔥3🤩2
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

IKKINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI


📆 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi muassisligida “International Journal of Justice” xalqaro ilmiy jurnali ta’sis etildi

📚Endilikda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va huquqshunoslar o‘z ilmiy maqolalarini xalqaro akademik maydonga olib chiqish, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy huquqiy tadqiqotlar natijalarini jahon ilmiy hamjamiyatiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🔄 International Journal of Justice — bu dunyo ilm-fani va milliy huquqiy tajribani uyg‘unlashtiruvchi, ilg‘or ilmiy g‘oyalar almashinuvi, xalqaro hamkorlik va innovatsion tadqiqotlar uchun yangi akademik platformadir.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍3🔥2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Future100 #StartX #SiliconValley

“Future 100” dasturi: StartX’da Silikon vodiysining startup ekotizimi o‘rganildi


“Future 100” dasturi doirasida AQSHning Silikon vodiysida stajirovka o‘tayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari hamda yosh muhandis olimlar dunyodagi yetakchi startup akseleratorlaridan biri — StartX faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/194565

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5
#dayjest #live #Qabul2026

❗️Bugundan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi

Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.

Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi.


Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar.

Jizzax politexnika instituti;
Buxoro davlat universiteti;
Namangan davlat texnika universiteti;
Samarqand davlat texnika universiteti;
Farg‘ona davlat universiteti;
Qoʻqon davlat universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Urganch davlat universiteti:


🎓 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥3👏2🤔2😁1
#YoshlarBandligi

Toshloq tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning muammolarini hal etish choralari ko‘rildi


Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tumanida tizimli ishlar boshlab yuborildi.

Mazkur topshiriqlarning hayotga tatbiq etilishi va amaliy ijro holatini o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi maxsus ishchi guruh Toshloq tumaniga yo‘naltirildi.


O‘rganish doirasida dastavval vazir o‘rinbosari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda so‘ng, ishchi guruh tumandagi maxsus shtab va hududga biriktirilgan mas’ullarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/194743

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5🤩2
Amerika texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Amerika texnologiyalar universiteti rektori professor Viktoriya Fontan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida vazir professor Viktoriya Fontanni universitet rektori lavozimiga tayinlangani bilan samimiy muborakbod etdi.

Muloqotda AQShning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma va ikki tomonlama diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish, amerikalik professorlarni ta’lim jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/194888

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4👏1
#Study_in_Uzbekistan

🇺🇿O‘zbekiston ta’limini tanlang, kelajagingizni bugundan boshlang!
— — —

🇬🇧Choose Uzbekistan for your higher education and start building your future today!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍3🔥3🥰3😁3