Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #sarhisob

Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Shu sababli barcha rahbarlar har qanday xatarni hisobga olgan holda oʻz zaxiralarini safarbar qilishga tayyor boʻlishi shartligi taʼkidlandi. Tarmoq va hududlarga biriktirilgan “aql markazlari” bilan birga 15-avgustgacha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

Ushbu takliflar “resurs – infratuzilma – loyiha – ishlab chiqarish – budjetga tushum – eksport” zanjirini oʻzaro bogʻliq holda rivojlantirishga qaratilgan boʻladi. 2027-yil uchun makroiqtisodiy parametrlar, budjet, investitsiya va eksport dasturlari yangicha yondashuv – “safarbarlik ssenariysi” asosida tayyorlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👏4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo_2026 #Buxoro

“Talaba Expo–2026” doirasida “MERGANTEKS” MCHJ ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi


“Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi doirasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “MERGANTEKS” MCHJ ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/196050

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1🔥1
E'LON!

📉 Bank-moliya akademiyasi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul boshlanganini ma’lum qiladi!

Master of Business Administration (MBA) magistratura mutaxassisliklari:

➖ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA General);
➖ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA FinTech);
➖ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA Banking);

Master of Science (MSc) magistratura mutaxassisliklari:

▪️ 70410502 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori;
▪️ 70410301 – Soliqlar va soliqqa tortish;
▪️ 70410501 – Moliya;
▪️ 70410505 – Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish;
▪️ 70410601 – Bank ishi;
▪️ 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi;
▪️ 70410508 - Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;
▪️ 70411202 – Loyiha boshqaruvi (Project Management).
▪️ 70411701 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi.

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kvotalar bilan ushbu 👉 hovola orqali tanishishingiz mumkin.

Hujjatlar https://admission.bfa.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

📞 Bog‘lanish uchun: +998 55 515 54 23

📥 Elektron manzil: qabul@bfa.uz

🗓 Hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 20-avgustgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

❗️Eslatma: Faqatgina Biznesni boshqarish (MBA-General) hamda Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishini tamomlagan talabgorlar hujjat topshirisha oladilar. Qolgan barcha mutaxassisliklarga bakalavriatning iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishini tamomlaganlar topshirishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍8🔥2
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

YETTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI


📆 2026-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍4🔥2🤔1😱1
#SummerSchool #TDTU

Ta’lim turizmi — ilm va madaniyat uyg‘unligi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Summer School – 2026” xalqaro loyihasi doirasida ta’lim turizmini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yozgi maktabda Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy konchilik va texnologiya universitetidan tashrif buyurgan 42 nafar talaba va yosh tadqiqotchilar ishtirok etyapti. Ular universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan seminarlar, mahorat darslari va ilmiy mashg‘ulotlarda faol qatnashib, zamonaviy ta’lim jarayonlari bilan tanishmoqda.

Shuningdek, mehmonlar mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosi, milliy an’analari hamda xalqimizning qadriyatlari haqida yaqindan tanishyapti.


Mazkur loyiha xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tajriba almashish, yangi do‘stlik rishtalarini rivojlantirish va ta’lim turizmini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25
#internship

✈️ Jahon bankining “WBG Pioneers” amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Talabalar uchun moʻljallangan “WBG Pioneers” dasturi Jahon banki guruhida haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

✅ Dastur ishtirokchilari:
• bakalavriatning soʻnggi bosqichida tahsil olayotgan talabalar;
• magistratura yoki PhD bosqichi talabalari;
• Jahon banki guruhiga aʼzo davlatlar (jumladan, Oʻzbekiston) fuqarolari.

✅ Dastur afzalliklari:
• oylik stipendiya (ish haqi);
• Jahon bankining xalqaro loyihalarida amaliy tajriba orttirish;
• tajribali mutaxassislar va mentorlar bilan ishlash;
• Vashingtondagi bosh ofis yoki Jahon bankining turli mamlakatlardagi, jumladan Toshkentdagi vakolatxonalarida faoliyat yuritish imkoniyati.

📆 Arizalar 2026-yil 12-avgustgacha qabul qilinadi.

Mazkur dastur xalqaro moliya va taraqqiyot sohasida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun kasbiy tajriba va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi muhim imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

➡️ Batafsil: https://www.worldbank.org/ext/en/careers/talent-programs/wbg-pioneers#tab-application

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👏1
#ilmiy_tadqiqot

Xorazm qovuni: ilm-fan yutuqlari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotga aylanmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti olimlari va talabalari qovun asosida sharbatlar, marmelad, muzqaymoq, tabiiy qiyom, quritilgan mahsulotlar hamda biopolimer qoplamalar yaratish ustida ishlamoqda. Shuningdek, qovun urugʻidan olinadigan moyning foydali xususiyatlari ham ilmiy jihatdan oʻrganilmoqda.

Mazkur ishlanmalar qovundan chiqindisiz foydalanish, mahsulotlarning saqlanish muddatini uzaytirish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6004

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍3🔥2😁2🥰1