Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#internship

✈️ Jahon bankining “WBG Pioneers” amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Talabalar uchun moʻljallangan “WBG Pioneers” dasturi Jahon banki guruhida haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

✅ Dastur ishtirokchilari:
• bakalavriatning soʻnggi bosqichida tahsil olayotgan talabalar;
• magistratura yoki PhD bosqichi talabalari;
• Jahon banki guruhiga aʼzo davlatlar (jumladan, Oʻzbekiston) fuqarolari.

✅ Dastur afzalliklari:
• oylik stipendiya (ish haqi);
• Jahon bankining xalqaro loyihalarida amaliy tajriba orttirish;
• tajribali mutaxassislar va mentorlar bilan ishlash;
• Vashingtondagi bosh ofis yoki Jahon bankining turli mamlakatlardagi, jumladan Toshkentdagi vakolatxonalarida faoliyat yuritish imkoniyati.

📆 Arizalar 2026-yil 12-avgustgacha qabul qilinadi.

Mazkur dastur xalqaro moliya va taraqqiyot sohasida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun kasbiy tajriba va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi muhim imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

➡️ Batafsil: https://www.worldbank.org/ext/en/careers/talent-programs/wbg-pioneers#tab-application

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👏1
#ilmiy_tadqiqot

Xorazm qovuni: ilm-fan yutuqlari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotga aylanmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti olimlari va talabalari qovun asosida sharbatlar, marmelad, muzqaymoq, tabiiy qiyom, quritilgan mahsulotlar hamda biopolimer qoplamalar yaratish ustida ishlamoqda. Shuningdek, qovun urugʻidan olinadigan moyning foydali xususiyatlari ham ilmiy jihatdan oʻrganilmoqda.

Mazkur ishlanmalar qovundan chiqindisiz foydalanish, mahsulotlarning saqlanish muddatini uzaytirish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6004

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍3🔥2😁2🥰1
Soliq mobil ilovasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

O‘zini o‘zi band qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish bepul va masofadan amalga oshiriladi, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi QR-kodli ma’lumotnoma ilova orqali onlayn shakllanadi.

Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 31-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida (412 000 so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

70 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanish (ro‘yxat bu yerda) mumkin.

PF-50-son, 19.03.2025-y.

Yillik aylanmasi 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni 1% miqdorida to‘laydi.

PF–100-son Farmon, 26.05.2026-yil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29😱3👍1😁1
Prezident: Yangi transport infratuzilmasi iqtisodiy taraqqiyot va hududlar rivojiga xizmat qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi pullik muqobil avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari soʻnggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish boʻyicha katta marra olinganini taʼkidladi.

Prezidentimiz Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi yangi avtomobil yoʻli qurilishini mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi navbatdagi ulkan tarixiy qadam, deb atadi.

Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar boʻlgan olti polosali zamonaviy avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta koʻprik, 28 ta yoʻl oʻtkazgich va 60 ta tunnel tipidagi oʻtish joyi quriladi.

Yangi magistral ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yoʻl sutkasiga 60 mingdan 80 mingtagacha transport vositasini oʻtkazadi, yuk tashish tannarxi esa 20–24 foizga pasayishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, yangi avtomagistral hududlarda iqtisodiy faollikni yangi bosqichga koʻtaradi. Yoʻl boʻyida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi.

Shuningdek, Xiva – Urganch yoʻli qurilishi boshlangani, Toshkent – Andijon yoʻli boʻyicha xalqaro tender yakunlanish arafasida ekani hamda Toshkentni Boʻstonliq bilan bogʻlaydigan yoʻlni loyihalash ishlari yakunlanayotgani qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥9❤8👍2
#xalqaro_yozgi_amaliyot

Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari Janubiy Koreyada xalqaro yozgi amaliyot va stajirovka dasturida ishtirok etmoqda


Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Janubiy Koreyaning Daegu Haany universitetida tashkil etilgan xalqaro yozgi amaliyot va stajirovka dasturida qatnashyapti.

Batafsil

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9🤩3👏2🤔1🎉1