Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
📢 Hurmatli doktorantlar!

Sizni Doktorantlarni rivojlantirish dasturi doirasida o'tkazilayotgan ehtiyojlarni aniqlash so‘rovnomasida ishtirok etishga taklif qilamiz.

📝 Sizning fikr va takliflaringiz kelgusida doktorantlar uchun tashkil etiladigan:
• treninglar,
• seminarlar,
• mentorlik dasturlarini
yanada mazmunli va amaliy ehtiyojlarga mos tarzda rejalashtirishga xizmat qiladi.

📌 So‘rovnomani to‘ldirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: havola

⏳ Faol ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8😁3
#Bitiruv_2026

🎓Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida bitiruvchilarga diplom topshirildi

Bitiruvchilarga diplomlarni filial direktori M.Y. Sibizova hamda ijrochi direktor A.K. Xamrakulov tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda talabalarning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍4🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8😱3
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

O‘NINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI


📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 2026-yil 23-iyul (oxirgi) kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1🥰1
#Qabul2026

❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash!


Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud.

📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi:

1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi;
2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi;
3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi;
4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi;
5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿“O‘zbek orzusi” maxsus hujjatli filmini o‘tkazib yubormang!

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar — shaffof ta’lim tizimi, yoshlarning ishlashi uchun qulay sharoitlar, foizsiz ta’lim kreditlari hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘plab yigit-qizlarning hayotida muhim burilish yasamoqda.

Yoshlar siyosati natijasida ro‘yobga chiqqan maqsadlar va tengdoshlarimiz taqdiridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi “O‘zbek orzusi” maxsus filmida tomosha qiling.

Premyerani bugun soat 15:15 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling.

#Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😁5👍3🔥2
Yandex ML School Uzbekistan sun’iy intellekt va Machine Learning bo‘yicha bepul tayyorlov kursi

“Yangi O‘zbekiston” universitetining akademik hamkori Yandex ML School Uzbekistan Machine Learning (ML) yo‘nalishiga qiziquvchilar uchun bepul onlayn tayyorlov kursini taqdim etdi.

Kurs 24 ta ingliz tilidagi video darsdan iborat bo‘lib, unda "Machine Learning (ML)", matematika, statistika va algoritmlar bo‘yicha asosiy tushunchalar yoritiladi. Shuningdek, Yandex ML School saralash bosqichining avvalgi yillardagi masalalari va ularning yechimlari ham batafsil tahlil qilinadi.


Kursda ishtirok etish bepul.

🗂Ro‘yxatdan o‘tish: havola

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🎉2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍5👏2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekistonning asosiy ustuni nima deb mendan soʻrsangiz takror-takror qaytaraman: bilim, ta’lim va tarbiya boʻladi. Mana shuni hech qachon unutmasligimiz kerak.”

Prezident Shavkat Mirziyoyev

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍3🔥3🤔2
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!

2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE)
🔹Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ)
🔹Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT)
🔹Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)


Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan.

🆕 O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMdir:
🔹Al-Xorazmiy universiteti
🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali
🔹Xalqaro Nordik universiteti


Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🔹Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
🔹O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi
🔹"NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ
🔹"KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ
🔹"TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ
🔹"NOVATECHNOLOGY" MChJ


📊 Loyiha turlari:

🔘5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim
GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish
FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish
GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i
DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish


🔘2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston
UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi


🔘2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish
DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish


🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: Havola

Batafsil 👈

🔁 English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31👍7🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3😁2
#Avtomobilsiz_kun

25-iyul kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi


Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍8👏1