2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹 ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE)🔹 Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ)🔹 Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT)🔹 Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)
Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan.
🔹 Al-Xorazmiy universiteti🔹 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali🔹 Xalqaro Nordik universiteti
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi🔹 Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi🔹 O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi🔹 "NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ🔹 "KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ🔹 "TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ🔹 "NOVATECHNOLOGY" MChJ
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim
GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish
FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish
GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i
DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston
UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish
DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish
Batafsil
🔁 English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31👍7🔥2
#Avtomobilsiz_kun
25-iyul kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.
“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Test sinovi jarayonlaridan videolavhalar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Test sinovi jarayonlaridan videolavhalar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥22❤9👏5🎉3🥰1
#Malaka_oshirish #AQSh #SunʼiyIntellekt
“Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” dasturi: OTT mutaxassislari AQSHda xalqaro malaka oshirmoqda
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida AQSHning Rowan University universitetida tashkil etilgan “Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda. Dastur ishtirokchilari sun’iy intellektning nazariy asoslari, AI platformalarini ta’lim jarayonlari va universitet boshqaruviga joriy etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/197486
👉 На русском
👉 In English

❤17👍6👏4🎉3
Forwarded from Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:
➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎 Instagram | 😎 Facebook

❤13👏5👍3
#xizmat_safari
Vazir “Orol bolalari” oromgohida bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Orol bolalari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/197598
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Vazir “Orol bolalari” oromgohida bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Orol bolalari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.
Tashrif davomida vazir oromgoh hududida yaratilgan sharoitlar, bolalarning dam olishi va mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish, xavfsizlik, ovqatlanish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi bilan tanishdi. Shuningdek, oromgohda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/197598
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍12🔥4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

❤19😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo‘nalishlari:
• Xalqaro biznes boshqaruvi
• Turizm va dam olish menejmenti.
Qabul bo‘limi:
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍5🔥5🤩4👏1
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi.
📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Akademik litseylarga qabul test sinovlari

❤82🤩7👍6🔥5🥰4