Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2026 #Nukus #live

Nukusda️ “TalabaExpo — 2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlanish arafasida


Bugun, Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo-2026” kasbiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Hozirgi vaqtda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar koʻrgazma boʻlib oʻtadigan hududga kelib, oʻz oʻrinlarini egallamoqda.

Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥2👍1🥰1🎉1
#TalabaExpo_2026 #Nukus #live

Nukusda️ “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlandi


Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍3🥰2👏1🎉1
#Qonunchilik_yangiliklari

🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi


Hukumat qarori (406-son, 24.07.2026-y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

☑️ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

📨 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi:

📑 respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;

📆 viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.

📌 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi.

➡️ Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi:

➖ transport xizmati;
➖ yashash va ovqatlantirish;
➖ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
➖ sayohat sug‘urtasi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍2
👨‍🎓 “TOSH TECH” Texnika Universitetida hujjatlar qabulining ikkinchi mavsumi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-274-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “TOSH TECH” Texnika Universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulining ikkinchi mavsumini ochiq deb e'lon qiladi.

🎓 Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka tavsiya etilgan barcha nomzodlarga 100 foizlik davlat granti taqdim etiladi.

Shuningdek, “TOSH TECH” dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda:

🇨🇳 Shanghai Jiao Tong
🇮🇹 Politecnico di Milano
🇩🇪 Constructor University

Ushbu hamkorlik doirasidagi qo‘shma ta’lim dasturlari talabalarga xalqaro tajriba orttirish hamda ikki universitet diplomini olish imkoniyatini taqdim etadi.

Ayni paytda universitetda istiqbolli va bugungi kunda yuqori talabga ega bo‘lgan to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:
🔰 Energetika muhandisligi

🔰 Elektr muhandisligi

🔰 Sanoat muhandisligi va menejmenti

🔰 Materialshunoslik va nanotexnologiya


📝 Kirish imtihonlari uchta asosiy fan — matematika, fizika va ingliz tili bo‘yicha o‘tkaziladi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling, joylar soni cheklangan!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://my.uzbmb.uz/service/56

📞 +998 77 288 82 82

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍1🔥1
#xizmat_safari #Nukus

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Boʻzatov tumani 2-son texnikumi faoliyati bilan tanishdi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida Boʻzatov tumani 2-son texnikumida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni va moddiy-texnik baza bilan tanishdi.

Maʼlum qilinishicha, texnikum 2001-yilda tashkil etilgan boʻlib, 540 oʻringa moʻljallangan. Ayni paytda bu yerda 246 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Taʼlim jarayoniga 12 nafar pedagog jalb etilgan. Muassasa hududi 5,086 gektarni tashkil etadi va 3 ta oʻquv binosi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 18 ta oʻquv xonasi, 100 oʻrinli yotoqxona, 120 oʻrinli oshxona hamda 200 oʻrinli ustaxona mavjud. Sport mashgʻulotlari uchun 540 kvadrat metr maydonga ega sport zali foydalanishga topshirilgan.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/198467

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍4🔥1👏1