Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026

Farg‘ona davlat texnika universitetida qabul davom etmoqda. Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar, ilmiy izlanish va professional rivojlanish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

🔹Universitetda mavjud 7 ta zamonaviy fakultetning 50 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari sizni kutmoqda!

Nega aynan Farg‘ona davlat texnika universiteti

— Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim

— Kirish ballari 56,7 balldan boshlanadi

— Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus va Turkiya universitetlari bilan hamkorlik

— "2+2" va "1+1" xalqaro ta'lim dasturlari

— Dual ta'lim va yirik korxonalarda amaliyot

— Startaplar, ilmiy loyihalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyati


Qabul bo‘yicha murojaat qiling:

95-400-00-82
95-400-00-85
95-400-00-86

Batafsil

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤22👍8🔥6
🇺🇿🇰🇿Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” xalqaro musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etdi

“Baris Arena” muz saroyida oʻtkazilgan tadbirda 🇰🇿Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, 🇰🇬Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, 🇹🇯Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.

Davlatimiz rahbari xalqaro turnir ishtirokchilarini qutladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, bu yil uchinchi bor o’tkazilayotgan musobaqalarda 🇺🇿Oʻzbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yoʻnalishlari boʻyicha bellashadi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤24👍9🤔4🔥1👏1
#Ovozli_chat

Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1

📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi.

🧑‍💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.

📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Computational Physics magistratura dasturiga qabul davom etmoqda!

Fizika, matematika va zamonaviy hisoblash texnologiyalarini birlashtirgan ushbu dastur sizga kvant algoritmlari, kompyuter modellashtirish va subatom fizikasi yoʻnalishlarida chuqur bilim beradi.

Dastur davomida siz:
🔹 murakkab ilmiy va muhandislik masalalarini yechishni;

🔹 zamonaviy hisoblash usullaridan foydalanishni;

🔹 xalqaro ilmiy tadqiqotlarda ishlash ko‘nikmalarini egallaysiz.


💼 Iqtidorli talabalar uchun Graduate Assistantship grant o‘rinlari ham mavjud. Bu grant o‘qish bilan bir qatorda ilmiy faoliyat olib borish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlanish imkonini beradi.

Shuningdek Hisoblash fizikasi - Computational Physics magistratura dasturiga qabul qilingan eng iqtidorli 5 nafar talaba uchun maxsus dasturi e’lon qilingan.

Har bir grant sohibiga yiliga jami 27 million so‘mlik grant taqdim etiladi.

Bundan
15 million so‘m — kontrakt to‘lovini qoplash uchun grant;
12 million so‘m — o‘qish davomida har oy 1 million so‘mdan stipendiya.


📌 Qabul talablari:
• Bakalavr diplomi;
• Ingliz tili sertifikati: IELTS 5.5+, CEFR B2 yoki TOEFL iBT 46+ (bakalavrni to‘liq ingliz tilida tamomlaganlar uchun sertifikat talab qilinmaydi);
• Fizika va matematika fanlaridan kirish imtihoni.


🎓 Ilm-fan va yuqori texnologiyalar chorrahasida karyera qurishni istasangiz, Computational Physics magistratura dasturiga hujjatlaringizni bugunoq topshiring!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMuhandislari #DemoDay

“Kelajak muhandislari” respublika koʻrik-tanlovining III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Day: 2-kun


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilayotgan “Kelajak muhandislari” respublika koʻrik-tanlovining III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Dayning ikkinchi kuni bugun INNO Texnoparkda boʻlib oʻtdi.

Demo Dayning ikkinchi kuni professor-oʻqituvchilar kategoriyasi ishtirokchilarining innovatsion loyiha va ishlanmalari taqdimotlariga bagʻishlandi. Ishtirokchilar oʻzlarining ilmiy ishlanmalari, texnologik yechimlari hamda tijoratlashtirish salohiyatiga ega innovatsion loyihalarini ekspertlar hayʼati oldida himoya qildilar.

Akseleratsiya dasturi davomida loyihalar texnik, ilmiy, iqtisodiy va amaliy jihatdan yanada takomillashtirildi. Demo Day jarayonida esa professor-oʻqituvchilar oʻz ishlanmalarining natijalari, istiqbollari hamda amaliy ahamiyatini taqdim etib, ekspertlar tomonidan baholandi.


😅Eslatib o‘tamiz! Tanlovning mutlaq g‘oliblari Prezident sovg‘asi — elektromobillar bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi


💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

🔗Qaror bilan 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

♻️ Lozihaga ko‘ra:

🔼 100 ballik baholash tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi.

❗️Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanishi rejalashtirilgan.

🔄 Uch oy ichida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, shuningdek, har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

📁 Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤20🤔1
Diqqat, tanlov!

😇 Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan "WikiAyollar" onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi.

🤩 Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz, 22-avgustga qadar ''Qizlar Akademiyasi"ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz.

❗️ Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va "Qizlar Akademiyasi" kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e'lon qilinadi. Barchaga omad yor boʻlsin!

Batafsil — Tanlov nizomi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤6😁5😱4🥰2
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏14❤9😁5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026

💬Kelajagingiz sari to‘g‘ri tanlovni Termiz davlat pedagogika insituti bilan boshlang!

💬Termiz davlat pedagogika instituti sizni zamonaviy ta’lim muhiti, xalqaro hamkorliklar, xorijda tahsil olish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, dual ta’lim tizimi hamda istiqbolli ta’lim yo‘nalishlari bilan kutmoqda. Bu kelajakda tajribali pedagog bo'lishingiz uchun yanada ko'plab imkoniyatlarni yaratadi.

Hozirda 5 ta fakultet, 20 ta kafedrada 25 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalish, 22 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida talabalarga 400 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan dars berib kelmoqda.


🏢Termiz davlat pedagogika instituti — bilim, imkoniyat va yorqin kelajak sari ishonchli tanlov!

📌 Tanlovni amalga oshirish:
https://t.me/TerDPI

📞 Qabul komissiyasi:

+998763633228
+998763633348
+998763633231
+998763633230

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥3🤩1
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Jumladan, Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2😁2