Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #Live

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda "O‘zmilliybank" AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.


Ko‘rgazma doirasida talaba-yoshlar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes seminarlari hamda seminar-treninglar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional tarmoqlarda samarali faoliyat yuritish bo‘yicha tajribali tadbirkorlar hamda soha mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👏4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Orzular sari muhim qadamni tashlash vaqti keldi!

Qo‘qon davlat universiteti — bilim, imkoniyat, iste’dod va katta orzular uchrashadigan maskan!

Bu yerda siz zamonaviy bilimlarni egallaysiz, yangi g‘oyalar va innovatsiyalar sari intilasiz, xalqaro tajriba va imkoniyatlarga ega bo‘lasiz, o‘z iste’dodingizni namoyon etasiz, yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirasiz, eng muhimi — kelajakdagi kasbingiz sari dadil qadam tashlaysiz!

Murojaat uchun telefon: +998732493838

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤18👏2
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda “TalabaExpo—2026”: Bitiruvchilar va ish beruvchilar yuzma-yuz!


Urganch shahrida bitiruvchi talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi qizg'in davom etmoqda.

Mazkur ommaviy tadbirda viloyatimizning 100 dan ortiq nufuzli tashkilot va yirik korxonalari o'zlarining 1500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etib, yoshlarga to'g'ridan-to'g'ri ish taklif qilmoqda.

Jarayon davomida bitiruvchilar nafaqat mavjud vakansiyalar bilan tanishishlari, balki amaliyot va stajirovka dasturlari, o'z startap loyihalarini taqdim etish hamda “Oʻzmilliybank” tomonidan yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'liq ma'lumot olishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍3🔥2🥰1👏1