Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining taqdirlash marosimida 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha maxsus pavilyonlar namoyish etildi

Taqdirlash marosimi doirasida mehnat bozorida eng yuqori talabga ega bo‘lgan 10 ta ustuvor kasb yo‘nalishiga bag‘ishlangan maxsus pavilyonlar tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmali maydonchalar barcha mehmonlarga har bir sohaning amaliy ish jarayoni, qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar hamda yosh mutaxassislarning salohiyati bilan bevosita tanishish imkonini berdi.

Ko‘rgazmali pavilyonlarda tanlovning asosiy yo‘nalishlari:
👨‍🔧 Elektromontaj;
👷‍♂️ Payvandlash texnologiyasi;
🚰 Santexnika;
🩺 Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik;
🏗 Quruq qurilish va suvoq ishlari;
✂️ Sartaroshlik;
🚗 Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish;
👗 Moda texnologiyalari;
👨‍🍳 Oshpazlik;
👨‍💻 Kompyuter grafikasi sohalari keng taqdim etildi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍6🤔2🔥1
#Avtomobilsiz_kun

10-avgust kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤22👍8🔥1
#Ichki_turizm #Mustaqillik35

FarDU jamoasining Toshkent shahriga 3 kunlik sayohati yorqin lahzalarga boy oʻtdi

Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamda universitet xodimlari kasaba uyushmasi raisi tashabbusi bilan oliygohning 50 nafar rahbariyati va professor-oʻqituvchilaridan iborat jamoasi 7–9-avgust kunlari Toshkent shahrida maroqli va mazmunli sayohatda boʻldilar.

Sayohat davomida jamoa:
“Gʻalaba bogʻi” majmuasida boʻlib, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi;
“Crafers” zamonaviy shirinliklar fabrikasining ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi;
Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib, boy maʼnaviy-tarixiy merosimizdan bahramand boʻldi;
Magic City, Magic Aquarium hamda AYA Project immersiv shoularida boʻlib, zamonaviy koʻngilochar maskanlarda hordiq chiqardi.
3 kunlik sayohat jamoada koʻtarinki kayfiyat va yangi marralar sari katta gʻayrat bagʻishladi.


Sayohatning toʻliq qismi You Tube da

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤5🎉3👏2🔥1