Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?


Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.

Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.


Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
➖ halol ishlash;
➖ ochiq gapirish;
➖ qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.

👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.


❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_mediaforum #Yangi_nigoh_yangi_kashfiyotlar

“Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumiga sanoqli kun qoldi


Jahon mediasi va xalqaro ekspertlar diqqati bir nuqtada. Toshkent va Samarqandda oʻtkaziladigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” Xalqaro mediaforumi 50 ga yaqin mamlakatdan qariyb 300 nafar yetakchi media vakillari, olimlar, ijodkorlar va raqamli soha mutaxassislarini birlashtirmoqda.

Forumning asosiy maqsadi — Oʻzbekistonning buyuk sivilizatsion merosini shunchaki tarix sifatida emas, balki yangi ilmiy, madaniy, taʼlimiy va innovatsion tashabbuslarga yoʻl ochayotgan tirik intellektual meros sifatida jahonga taqdim etish. Forumning markaziy maydoni Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi boʻlib, u xalqaro muloqot, yangi gʻoyalar va global media eʼtibori tutashadigan asosiy makonga aylanadi.

Jahon axborot maydonining yetakchi media brendlari — Euronews va CNN forumning bosh axborot hamkorlari sifatida ishtirok etishi esa tadbirning xalqaro koʻlami va media ahamiyatini yanada yuksaltiradi.

Plenar sessiya va taqdimotlarda islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi, buyuk allomalar merosi, Qurʼoni Karim merosi, zamonaviy mediaformatlar va yangi xalqaro tashabbuslar diqqat markazida boʻladi. Bu forum Oʻzbekistonning sivilizatsion merosini jahon axborot makoniga yangi mazmun, kuchli media talqin va zamonaviy yondashuvlar orqali olib chiqadigan nufuzli xalqaro platforma boʻlishi kutilmoqda.


🇺🇿Batafsil — iccu.uz
🇺🇿Batafsil — iccu.uz
🇬🇧In detail — iccu.uz
🇷🇺Podrobno — iccu.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤6🔥2
🎖 Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida Ilhom Aliyevga O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, Shavkat Mirziyoyevga esa Ozarbayjonning “Haydar Aliyev” ordeni topshirildi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon kelgusida ham barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirib, qardoshlik munosabatlari esa yangi amaliy mazmun bilan boyib borishiga ishonch bildirildi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍7😁6
Ta’limdan ishlab chiqarishgacha: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

“BYD Uzbekistan Factory” korxonasida Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari ishtirokida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda avtomobilsozlik sanoati uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalar ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish, ta’lim dasturlarini korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish talablari va ehtiyojlariga moslashtirish, shuningdek, dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍9👏3
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish marosimida ishtirok etdilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥6👍2