Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“35 000 tashabbus” — yoshlar g‘oyalarini kelajak loyihalariga aylantiramiz!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tashabbusi bilan “35 000 tashabbus” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.


Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.

💡 Har bir g‘oya — yangi imkoniyat.
🚀 Har bir tashabbus — taraqqiyot sari qadam.
🇺🇿 35 000 tashabbus — yagona maqsad, buyuk kelajak!
O‘z tashabbusingizni bildiring va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
📲Tashabbusingizni qoldiring:
➡️tashabbus.yito.uz

🚀 Sizning g‘oyangiz — katta o‘zgarishlarning boshlanishi!

#35000Tashabbus #Yoshlar #Innovatsiya #Tashabbus

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_35 #Ilmning_mukofoti

Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim

Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 120 dan ortiq ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent va 15 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi muallifidir.

Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.


Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤4🔥1
Urganch davlat universitetida xalqaro yozgi maktab dasturi o‘tkazildi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 17–21-avgust kunlari “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusida Xalqaro yozgi maktab dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekistonning yetakchi OTMlari vakillari ishtirok etdi.

Dastur doirasida tashkil etilgan seminarlarda yozgi maktab ishtirokchilari g‘oyadan ilmiy loyihagacha bo‘lgan jarayon, ilmiy tadqiqot faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va tajriba almashdilar.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6041

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍3🥰1
#Study_in_Uzbekistan #Qabul_2026

O‘zbekistondagi oliy ta'lim tashkilotlariga “Study in Uzbekistan” platformasi orqali hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar soni kengaymoqda

❓Xorijiy fuqarolar asosan qaysi universitetlarni tanlamoqda?

O‘zbekiston milliy universiteti,
Toshkent davlat texnika universiteti,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

❓Qaysi yo‘nalishlarda xorijiy fuqarolarning o‘qish istagi yuqori?

Davolash ishi,
Biotexnologiya,
Biologiya,
Stomatologiya,
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,
Iqtisodiyot.

❓Qaysi xorijiy davlat fuqarolaridan qiziqish ko‘proq?

🇹🇲 Turkmaniston,
🇰🇬 Qirg‘iziston,
🇹🇯 Tojikiston,
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi,
🇧🇩 Bangladesh,
🇨🇳 Xitoy,
🇦🇿 Ozarbayjon
.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤22👍5🔥1
Saida Mirziyoeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi.

Samimiy va mazmunli muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan doʻstona va strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqayotganini taʼkidladilar. Xususan, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda transport, savdo, taʼlim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda erishilgan kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Saida Mirziyoeva Xitoy tomonining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga boʻlgan intilishini yuqori baholab, ochiq va mazmunli muloqot uchun Chjao Letsziga minnatdorlik bildirdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_35

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak boʻlsin!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak boʻlsin, aziz vatandoshlar!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍3🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlari topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1