Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakTadbirkori #Sharhsiz

Samarqandda o‘tayotgan “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasidan videolavha.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/211130

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
#Qonunchilik_yangiliklari

❗ Kichik va mikro GESlar uchun kadr tayyorlash dual ta’lim tizimi asosida yo‘lga qo‘yiladi

📣 Prezidentning “Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 19-avgustdagi PQ-298-son qarori qabul qilindi.


🖋Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan:

➖ Oliy ta’lim tashkilotlarida kichik quvvatli yashil energiya yo‘nalishlari, jumladan, kichik gidroenergetika bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash dual ta’lim tizimi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

➖ Talabalarni nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida energetika tizimidagi korxonalar, shu jumladan, kichik gidroenergetika obyektlari talabalar amaliyoti uchun baza sifatida belgilanadi.

➖ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Energetika vazirligi hamkorligida soha bo‘yicha ilmiy-amaliy seminarlar, forumlar va hududiy targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil etiladi.

➡️Yangi tartib kichik va mikro gidroenergetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, oliy ta’lim bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🎉2👏1😁1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.

📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.

✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;

🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliqlar — kelajagimiz uchun

To‘lagan soliqlaringiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘llar va zamonaviy davlat xizmatlarini rivojlantirishga sarflanadi.

Soliqni o‘z vaqtida to‘lash — yurtga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😱8❤7
#Mustaqillik35 #Eʼtirof

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha vakillariga esdalik nishonlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan vazirlik, tizim tashkilotlari va oliygohlarning bir guruh vakillariga tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan soha vakillarining xizmatlari alohida e’tirof etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

💐Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yangi yutuq hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👏5🎉3👍1🔥1
👏7❤3👍1