#Mustaqillik_35_yil
#NamDPI
Namangan davlat pedagogika institutida yangi ta’lim va innovatsion maskanlar foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Namangan davlat pedagogika institutida “Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi” binosi, Registrator ofisi hamda Innovatsiyalar markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://namspi.uz/uz/768
На русском
In english
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❤9🎉3🔥1😁1🤩1
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.
📌 Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.
📌 Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.
📌 Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.
📌 Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.
📌 Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.
📌 Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.
📌 Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.
📌 IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
📌 O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.
📌 Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.
📌 Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
📌 Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25🔥7👍5👏1
#navai_davlat_universiteti #xalqaro_hamkorlik
Navoiy davlat universiteti va Bucheon University hamkorligi yangi bosqichda
Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov Koreya Respublikasida Bucheon University yangi Sosa kampusi ochilish marosimi va xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Muzokaralar yakunida tomonlar 2027-yildan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish hamda Navoiy davlat universitetida Sport ilmiy-reabilitatsiya markazini tashkil etishga kelishib oldi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari 9-sentabr kuni Navoiy davlat universitetida “Koreys tili va koreys madaniyati markazi”ning ochilish marosimiga taklif etildi.

❤17👍1🔥1👏1😱1