Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Xalqaro yozgi maktab: ilm-fan, innovatsiya va tajriba almashinuvi maydoni

Jizzax politexnika institutida “Iqlim barqarorligi va zamonaviy suv texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab doirasida Sharif Texnologiyalar Universiteti va Shihezi universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida qator ta’limiy, ilmiy-amaliy va madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Dastur davomida ishtirokchilar institutning ilmiy-ta’limiy obyektlari, fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashdilar hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va tashriflarda ishtirok etdilar.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/697

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁14❤12🤔8😱6👍3
#Bilimlar_kuni

Bilimlar kuni: yangi o‘quv yili ezgu tilaklar bilan boshlandi

Bugun, 2-sentabr kuni yurtimizdagi barcha umumta’lim muassasalarida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi.

Bilimlar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar va yuksak natijalar tilandi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning puxta bilim olishi, ilm-fan yutuqlarini egallashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi hamda o‘z ustida muntazam ishlashi muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.


Bayram tadbirida o‘quvchilarning quvonchi, ustozlarning ezgu tilaklari hamda yangi o‘quv yiliga bo‘lgan yuksak ishonch va ko‘tarinki kayfiyat yaqqol namoyon bo‘ldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁18❤16👏8😱6🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob

Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇

❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin?

❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha?

❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi?

❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?

❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari
ta’lim krediti olishi mumkin?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤17😱11👍3🔥3🥰2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤39👏10👍4😱3