Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov

Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
 
Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
 
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
 
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
 
➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
 
♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250

👉 На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kim_edigu_kim_bo‘ldik?

Oliy ta’limning narxi oliygohlar peshtoqiga yozilmadi, xolos


10 yil oldingi og‘riqli xotiralar, korrupsiyaga botgan tizim, qabul, o‘qish va yotoqxonaga joylashish mashaqqatlari...

So‘nggi yillarda nimalar o‘zgardi? Qabul jarayonidan tortib, turar joy bilan ta’minlash, o‘quv dasturlari, oliygohlarga mustaqillik berilishi, tubdan isloh qilingan tizim yoshlar kelajagini, o‘qituvchilar taqdirini o‘zgartira olyaptimi?

Ushbu savollar atrofida kechgan tahliliy suhbat, olimlar mushohadasi “O‘zbekiston-24” telekanali orqali namoyish etildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14😁4🔥1
#Yangi_oʻquv_yili #Xalqaro_hamkorlik

Toshkentda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida yangi oʻquv yili boshlandi
 
7-sentyabr kuni Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida yangi oʻquv yilining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
 
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, filial Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Gordin, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turobjonov, filial rahbariyati, Vasiylik kengashi aʼzolari, faxriy mehmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215883

👉 На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
👍6❤5🔥2
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi test topshiriqlari hamda tashkiliy jarayonini aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

📅 Sana: 2026-yil 9-sentyabr
⏰ Vaqti: 14:00
👩‍🏫 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari.

📝 RO‘YXATDAN O‘TISH:
🔗 registration.ilmiymarkaz.uz
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2026-yil 8-sentyabr, soat 23:00 gacha.

⚠️ MUHIM!
Aprobatsiyada ishtirok etish uchun joylar soni cheklangan. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin.

📌 Eslatma: Aprobatsiya sinovida ishtirok etish natijasida sertifikat yoki ma’lumotnoma taqdim etilmaydi.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤13🔥2
Bauman universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

7-sentyabr kuni N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov, Bauman universiteti rektori Mixail Gordin, Vasiylik kengashi aʼzolari hamda taʼlim, ilm-fan va sanoat sohasi vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda filialni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, uning toʻlaqonli faoliyati va kelgusidagi strategik rivojlanish vazifalari muhokama qilindi. Qisqa vaqt ichida filialning tashkiliy tuzilmasi shakllantirilib, zarur oʻquv bazasi yaratildi va taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215927

👉 На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍1🤔1