Smart kitob-Mustaqillikning 35 yilligi.pdf
16.9 MB
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.
To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi.
To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍3😱1
Forwarded from Mikrofon kötargan ayol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“9 soat”ning siri nimada?
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.
Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.
“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.
Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.
Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.
Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.
Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.
Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.
Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?
Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».
Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.
"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".
9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.
Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.
“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.

👏31👍7🔥6🥰2🎉1
“Inno” texnoparki rezidentligi bo‘yicha ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki rezidenti maqomini berish va amaldagi rezidentlik muddatini uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/219937
👉 На русском
👉 In English

❤6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser

#dayjest #Olgʻa_shaxmatchilar #Olgʻa_Oʻzbekiston
15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda!
Tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Mazkur olimpiada munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida chellenjlar tashkil etildi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

➡️ Jizzax politexnika instituti➡️ Buxoro davlat universiteti➡️ Toshkent davlat texnika universiteti➡️ Buxoro davlat pedagogika instituti➡️ Termiz davlat universiteti;➡️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali➡️ Samarqand davlat pedagogika instituti➡️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti➡️ O‘zMU Jizzax filiali➡️ Jizzax davlat pedagogika universiteti➡️ Termiz davlat pedagogika instituti➡️ Samarqand davlat chet tillar instituti➡️ Namangan davlat texnika universiteti➡️ Farg'ona davlat universiteti➡️ Buxoro davlat texnika universiteti
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏4👍3🎉3🔥2
Markaziy Osiyo va Koreya: inson kapitali uchun yangi imkoniyatlar
Bugungi global oʻzgarishlar sharoitida mamlakatlar taraqqiyoti tobora koʻproq bilim, texnologiya va inson kapitaliga bogʻliq boʻlib bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida sammitida nutqida hamkorlikning beshta strategik yoʻnalishini ilgari surib, ular orasida yosh avlod salohiyatini roʻyobga chiqarish va inson kapitalini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Xususan, muhandislik, texnologiya va raqamli sohalarda malakali mutaxassislarga boʻlgan talab ortib borayotgani taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan, taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni kuchaytirish, yoshlarga ilgʻor bilim, zamonaviy koʻnikma va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim.
Prezidentimiz tomonidan inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni “buyurtma – oʻqitish – bandlik” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish taklif etildi. Bu yondashuv taʼlim jarayonini real iqtisodiyot ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirgan kadrlar tayyorlash va yoshlarning kasbiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, sunʼiy intellekt texnologiyalarini birgalikda ishlab chiqish va joriy etish, texnologik baza hamda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirishda yoshlarning salohiyatidan samarali foydalanish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.

❤16👍2