Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#KelajakTadbirkori2026 #Sirdaryo

Gulistonda “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda


Bugun Guliston shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Yarmarka doirasida Muruvvat va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda inklyuziv ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan buyumlar ishtirokidagi “Inklyuziv auksion” ham o‘tkazildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar, ish izlayotgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot imkoniyatlari, zamonaviy kasblar hamda biznesni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/221060

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤16😁2🤔1😱1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍9🔥2🤩1
#Xalqaro_hamkorlik

Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy delegatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi tuzildi

17 sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Syuchjou sanoat-texnologiyalar kolleji va XCMG kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan universitet rektori Berdiyar Jollibekov oʻrtasida taʼlim, fan va ishlab chiqarish yoʻnalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7❤5👏1