Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Qoraqalpogʻiston #tayinlov

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatining yangi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi

 
Qoraqalpogʻistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, hudud iqtisodiyoti uchun zarur mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
 
Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurib, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va institut jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari Bayram Otemurаtov ham ishtirok etdi.
 
Muloqotda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida belgilab berilgan yangi vazifalarni amalga oshirishda oliy taʼlim tashkilotlarining oʻrni alohida taʼkidlandi.
 
Xususan, hududda qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirishda institut oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
 
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining ilmiy-taʼlimiy salohiyatidan hudud taraqqiyoti yoʻlida yanada samarali foydalanish boʻyicha taklif va vazifalar belgilab olindi.
 
Uchrashuv yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra  Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlangan Dauletmuratov Muxamedali Mirzamuratovich institut jamoasiga tanishtirildi.

👉Ha pyccком
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍5🔥1
#tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Dauletmuratov Muxamedali Mirzamuratovich Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
 
M.M. Dauletmuratov ushbu tayinlovga qadar institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

U 1993-yilda tugʻilgan, 2015-yilda Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining bakalavriat, 2017-yilda Toshkent davlat agrar universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — agrokimyogar. Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Mehnat faoliyati davomida institutning Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori kabi lavozimlarda ishlagan.

Ilmiy faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston sharoitida tuproq unumdorligi, shoʻrlanish, yer degradatsiyasi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini avtomatlashtirilgan oʻgʻitlash va GAT texnologiyalari yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borgan.

Uning rahbarligida 2024-yilda institutga tuproqshunoslik va agrokimyo tahlillari uchun moʻljallangan 1,5 milliard soʻmlik zamonaviy laboratoriya uskunalari olib kelingan. Shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro konferensiyalar va qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga hissa qoʻshgan.

M.M. Dauletmuratov 50 ga yaqin ilmiy ish, jumladan monografiya va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Uning ilmiy maqolalari Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalanuvchi xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Shuningdek, “Umid uchquni” va “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍93❤21😁12👏7🎉3
#rasmiy_xabar

Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤44👍17👏8
#Ilmiy_anjuman

Farg‘ona davlat universitetida “Islom Karimov o‘qishlari: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyati — tarixiy meros va madaniy yuksalish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari Temur Shirinov, majmua Homiylik kengashi a’zosi Tatyana Karimova, FarDU rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov, Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjuman doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlarida moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash, tarixiy obidalarni restavratsiya qilish, san’at va adabiyot, xalqaro madaniy aloqalar, xalq diplomatiyasi, muzeylar faoliyati hamda madaniy merosni targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Sho‘balarda mutaxassislar, olimlar va doktorantlar o‘rtasida qizg‘in fikr almashuvlardan so'ng kelgusidagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8👏6🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akademik Joʻra Abdullayev
Temir yoʻl ishchisidan kosmosgacha

Smartfonlar hali hech kimning xayoliga ham kelmagan paytlarda...

Raqamli kelajak poydevorini qurgan oʻzbek olimi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/219690

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤20👍3🔥1
Buxoroda Naqshbandiylik an’anasi xalqaro ilmiy minbarda

Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiylik an’anasi: Islomda tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 15 ga yaqin davlatidan olimlar, islomshunoslar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish qismida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatov, malayziyalik islomshunos olim Shayx Abdul Kareem Bin Said Khadaied hamda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova so‘zga chiqdi.

6-Xalqaro Naqshbandiya festivali— 2026 doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova  hamda Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatovga Xalqaro Bag‘rikenglik va Tinchlik jamg‘armasi tomonidan yuksak e’tirof yorlig'i topshirildi.
Konferensiyada Naqshbandiylik an’anasining tinchlik, bag‘rikenglik, ma’naviy kamolot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Batafsil: https://bstu.uz/news/83

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5🔥2😁2🤔1