Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.68K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#soʻrovnoma
 
🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasi
 
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yangi avtobus va elektrobuslar olib kelish hamda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
 
📊Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu o‘zgarishlarni baholash va xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida mazkur so‘rovnomani o‘tkazmoqda.
 
✔️Sizning fikringiz biz uchun muhim!
 
Toshkent shahar jamoat transporti xizmatlariga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizdan ushbu so'rovnomada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
 
📱So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin!
 
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#Xushxabar

⚡️Akademik litsey o‘qituvchisi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi Gulchehra Bekniyazova Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan nufuzli “The Best Education Project International” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.


✍️U mazkur xalqaro tanlovda zamonaviy pedagogik yondashuv – fizikani o‘qitishda real va virtual laboratoriyalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan innovatsion ilmiy maqolasi bilan qatnashib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

🏅Xalqaro tanlov yakunida Gulchehra Bekniyazova I darajali diplom, Xalqaro fan, madaniyat va san’at akademiyasi (IASCA) tomonidan oltin medal, shuningdek, esdalik nishoni bilan taqdirlandi.


💐Akademik litsey o‘qituvchisini xalqaro tanlovdagi yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz!

👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17❤14👏10🎉3🤩1
Vazir Andijonda dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Andijon tumanining Mingo‘rik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Andijon Jinlun yangi energiya” xorijiy korxonasida bo‘ldi.

Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari hamda gidroenergetika yo‘nalishidagi loyihalarga ixtisoslashgan korxona bilan tanishish davomida vazir dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning ish jarayonidagi faoliyati bilan qiziqdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223078

#Vazir_Andijon #Xizmat_safari

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1🔥1
Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxonada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar oʻquvchisi dual taʼlim asosida oʻqitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlamoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1
#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #baliqchilik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “Chinobod real biznes” korxonasining baliq yetishtirish loyihasi bilan
tanishdi.

Majmuada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi ham yoʻlga qoʻyilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda “Baliqchilik va parrandachilik amaliyot markazi” tashkil etilgan. Bu yerda talabalar nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlab, amaliy koʻnikma orttirmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉7❤5👍3